Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Kreditning tabaqalashgan (differensial) xususiyati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

6. Kreditning tabaqalashgan (differensial) xususiyati. Ushbu 
prinsip kredit tashkilotlarining ehtimoli tutilgan turli toifalardagi 


 664
qarzdorlarga tabaqalashgan yondashuvini belgilab beradi. Uning amalga 
oshirilishi muayyan bankning individual manfaatlariga ham, davlat 
yuritayotgan alohida tarmoqlar yoki faoliyat sohalari (masalan, kichik 
biznes)ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha markazlashgan siyosatga ham 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Kreditning quyidagi shakllari farqlanadi: 
1. Manbalari bo‘yicha: ichki va tashqi. 
2. Maqsadi bo‘yicha: 
1) tijorat kreditlari, ular tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita 
bog‘liq; 
2) moliyaviy kreditlar, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital kiritish – 
obyektlar qurish, investitsiya loyihalari, qimmatbaho qog‘ozlarni xarid 
qilish, tashqi qarzni qaytarish, valuta intervensiyasi
3) oraliq – kapital, tovarlar, xizmatlarni olib chiqish yoki pudrat 
ishlarini bajarishning aralash shakllariga xizmat ko‘rsatadigan kreditlar. 
3. Turlari bo‘yicha: 
1) tovar kreditlari (to‘lov muddatini kechiktirgan holda tovarlarni 
eksport qilishda); 
2) valuta kreditlari (pul shaklida). 
4. Qarz valutasi bo‘yicha: 
1) qarzdor mamlakat valutasida yoki kreditor mamlakat valutasida; 
2) uchinchi mamlakat valutasida; 
3) xalqaro hisob-kitob pul birligida. 
5. Muddatlari bo‘yicha: 
– o‘ta qisqa muddatli (bir sutka, bir hafta, uch oygacha); 
– qisqa muddatli – bir yilgacha; 
– o‘rta muddatli – bir yildan besh yilgacha; 
– uzoq muddatli – besh yildan ortiq. 
Agar qisqa muddatli yoki o‘rta muddatli kreditlar prolongatsiya 
qilinsa (uzaytirilsa), ular uzoq muddatli kreditga aylanadi, buning ustiga 
ko‘pincha davlat kafolati beriladi. 
6. Ta’minlanishi bo‘yicha: 
1) ta’minlangan (tovarlar, tijorat va moliyaviy hujjatlar, veksellar, 
qimmatbaho qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, boshqa qimmatliklar, ba’zan 
oltin bilan); 
2) blankli, ya’ni qarzdorning majburiyatlari (veksel) hisobidan (uni 
muayyan muddatda qaytarish sharti bilan). 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling