Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Kreditni berish texnikasi nuqtai nazaridan
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Kreditorning toifasiga ko‘ra
- 1. Eksportda
- 2. Importda
7. Kreditni berish texnikasi nuqtai nazaridan:
665 1) qarzdor hisobiga yoziladigan moliyaviy naqd kreditlar; 2) aksept kreditlar – bankning qarz oluvchining vekseliga aksepti (roziligi) shaklida; 3) depozit sertifikatlar; 4) obligatsiya zayomlari; 5) konsorbsion kreditlar. 8. Kreditorning toifasiga ko‘ra: firma (xususiy); bank; brokerlik; hukumat; xususiy korxonalar (jumladan banklar) va davlat ishtirokidagi aralash kreditlar; xalqaro moliyaviy institutlarning davlatlararo kreditlari. Banklarning xalqaro kreditlarini banklar eksportyorlar va importyorlarga odatda tovar va moddiy boyliklarni garovga olib beradilar. Kamdan-kam hollarda banklar yaqin aloqada bo‘lgan yirik firmalarga ham ta’minlanmagan kredit beradi. Brokerlik krediti firma va bank kreditlari o‘rtasida oraliq mavqega ega (brokerlar mablag‘larni banklardan qarzga oladilar). Davlatlararo kreditlar hukumatlararo bitimlar asosida beriladi. Qisqa muddatli kreditlar berish turlaridan biri tashqi savdoni kreditlashdir. Tashqi savdoda bank tomonidan beriladigan qisqa muddatli kreditlarning quyidagi shakllari ajratiladi: 1. Eksportda: 1) firma (tijorat) krediti – u yoki bu mamlakatning importyori xorijiy tovar ishlab chiqaruvchi yoki eksportyorga xarid uchun beradigan bo‘nak (avans); 2) bank krediti: – eksportyor mamlakat tovarlari uchun beriladigan bo‘naklar (kredit eksportyorga eksport uchun mo‘ljallangan tovarlarni tayyorlash va jamlash bo‘yicha operatsiyalarni ilgari tayyorlangan tovarlar sotilishini kutmasdan davom ettirish imkonini beradi); – yo‘lda kelayotgan tovarlar evaziga ssuda berish (transport hujjatlari – konosament, temir yo‘l yuk xati kabilar bilan ta’minlanish evaziga); – eksportyor mamlakatidagi tovarlar yoki tovar hujjatlari bo‘yicha bo‘nak; – yirik eksportyor firmalar ish bo‘yicha uzoq muddatli ish aloqalarida bo‘lgan yoki kapitalida ishtirok etayotgan banklardan oladigan hamda tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘nak. 2. Importda: 666 1) firma (tijorat) krediti: – ochiq hisobvaraq bo‘yicha kredit (eksportyor importyorning hisobvarag‘iga uning qarzi sifatida sotilgan va ortib-tushirilgan tovarlar qiymatini yozib qo‘yadigan, importyor esa kreditni belgilangan muddatda qaytarish majburiyatini oladigan bitim asosida beriladi). Tovarlar muntazam yetkazib berilganida va qarzlar vaqti-vaqti bilan (oyning o‘rtasi yoki oxirida) qaytarilgan taqdirda qo‘llaniladi. Ushbu holda banklar savdo kontragentlarining hisob-kitoblarida texnik vositachi vazifasini bajaradilar; – veksel krediti. Eksportyor tovarni ortib jo‘natganidan so‘ng importyorga tratta (o‘tkazma veksel) taqdim etadi. Importyor tovar hujjatlarini olgach, trattani akseptlashtiradi, ya’ni veksel uchun belgilangan muddatda haq to‘lash majburiyatini oladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling