3. Kreditning pulli ekanligi (ssuda foizi) – qarzdorning bankdan
olingan kredit resurslarini nafaqat qaytarishi, balki ulardan foydalanish
huquqi uchun haq to‘lash ham zarurligi. Bunday to‘lovning iqtisodiy
mohiyati kreditdan foydalanganlik evaziga olingan qo‘shimcha foydaning
amalda qarzdor va kreditor o‘rtasida taqsimlanishida namoyon bo‘ladi.
Kreditning pulli ekanligi qarzdorni undan eng samarali foydalanishga
rag‘batlantiradi. Ushbu prinsip uchta asosiy funksiyani bajaradigan bank
foizi kattaligini belgilash jarayonida amaliy ifodasini topadi:
1) yuridik shaxslar sof foydasining va jismoniy shaxslar daroma-
dining bir qismini qayta taqsimlash;
2) ssuda kapitallarini tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro darajalarda
taqsimlash orqali ishlab chiqarish va muomalani tartibga solish;
3)
iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichlarida – bank
mijozlarining pul jamg‘armalarini inflatsiyadan himoya qilish.
Ssuda kapitali yordamida olingan yillik daromad summasining
berilgan kredit summasiga nisbati sifatida ta’riflanadigan ssuda foizining
stavkasi (normasi) kredit resurslarining narxi bo‘lib xizmat qiladi.
4. Kreditning ta’minlanganligi – qarzdor o‘z zimmasiga olgan
majburiyatlarini buzgan taqdirda, kreditorning mulkiy manfaatlarini
himoya qilish zarurligi. Ushbu prinsip kreditlash: garov evaziga ssuda
olish yoki moliyaviy kafolat shakllarida namoyon bo‘ladi. Umumiy
iqtisodiy beqarorlik davrida bu prinsip ayniqsa dolzarb hisoblanadi.
5. Kreditning maqsadli xususiyati – kreditordan olingan
mablag‘lardan maqsadli foydalanish zarurligi. Ushbu prinsip berilayotgan
ssudaning aniq maqsadini belgilovchi kredit shartnomasining tegishli
bo‘limida hamda ushbu shartga qarzdorning rioya etishini bank tomoni-
dan nazorat qilishda amaliy ifodasini topadi. Ushbu majburiyatning
buzilishi kreditning muddatidan oldin chaqirib olish yoki jarima
(oshirilgan) ssuda foizi joriy etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |