Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Hozirgi jahon valuta-moliya tizimi 1978-yilda XVF ustavida 
belgilangan quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 
• mamlakatlar o‘zlari tanlagan istalgan valuta kursidan foydala-
nishlari mumkin; 
• XVF valuta kurslarining rivojlanishi va ularning belgilanishi 
haqidagi kelishuvlar ustidan qattiq nazoratni amalga oshiradi
• oltinning rasmiy bahosi bekor qilinadi, u endi XVF va uning 
a’zolari o‘rtasida to‘lov vositasi hisoblanmaydi
• jahon valuta moliya tizimida qo‘shimcha zaxira aktiv sifatida 
maxsus qarz huquqlaridan (SDR – hisob-kitob birligi) foydalaniladi. 
XVF ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlarning valuta kurslarini 
tartibga solish borasidagi harakatlari valuta kurslarining boshqariladigan 
tizimi yaratilishiga olib keldi. Valuta bozori hosil bo‘ldi, jahon pullarining 
etalonini SDR tashkil qiladigan bo‘ldi. 
SDR quyidagi nisbatda olingan milliy valutalardan tashkil topadigan 
«valuta savati» asosida baholanadi: AQSh dollari – 42 foiz, Yevropa 
valutalari – 45 foiz, Yaponiya iyenasi – 13 foiz. 
Oltinning pul o‘rniga o‘tmay qolishi (demonetizatsiyasi) uning narxi 
bozorda belgilanadigan tovarlardan biriga (o‘ta likvid aktivga) aylandi. 


 661
AQSh dollari, yevro va iyena dunyoning uchta asosiy valutasi 
hisoblanadi. Jahon bozorlarida Buyuk Britaniya rolining va funt 
sterlingning almashuv kursi pasayganligiga qaramay, mamlakat butun 
jahon bo‘yicha tarqalgan bank muassasalarining rivojlangan tarmog‘i 
mavjudligi bois, uning zaxira valuta roli saqlanib qolmoqda. 
Dollar boshqa valutalar kotirovkasi chog‘ida umume’tirof etilgan 
bazaviy valuta hisoblanib kelmoqda. Bugun jahon kapitali yuqori foyda 
keltirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlardan yuqori darajada ishonchli 
bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarga qayta yo‘nalmoqda, bu esa AQSh 
uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. AQSh investitsiyalarga yangi 
texnologiyalar yaratish, yangi texnologik prinsiplar ishlab chiqishda 
ko‘maklashib, butun dunyo kapitalini o‘ziga jalb etmoqda. Texnologik 
ishlanmalar tovar funksiyasiga ega bo‘lib, boshqa mamlakatlar 
iqtisodiyotini Amerika iqtisodiyotiga bog‘lamoqda, ularni moliyaviy va 
texnologik darajada tobe qilmoqda. 
AQSh davlat boshqaruvining ustuvor vazifasi – boshqa mamla-
katlardagiga qaraganda investitsiyalar uchun yaxshiroq sharoitni 
ta’minlash. AQSh o‘z manfaatlarini ko‘p yillar mobaynida o‘zi 
yetakchilik qilayotgan bir qator xalqaro tashkilotlar yordamida amalga 
oshirmoqda. AQShning XVF va jahon bankini nazorat qilishi nafaqat 
ushbu tashkilotlarning ustav jamg‘armalarida badallarining ko‘pligi bilan, 
balki ularning oliy rahbarlari tarkibi bilan ham ta’minlanmoqda. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling