654
Valuta – xorijiy davlatlarning pul belgilari, shuningdek ularda
ifodalangan to‘lov va kredit vositalaridir.
Qattiq valuta – iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlarning pul birli-
gidir.
Erkin almashadigan valuta – barcha egalari
almashishlari mumkin
bo‘lgan pul belgilari. Erkin almashadigan valuta amalda jahon puli
vazifasini bajaradi.
Milliy valutaning almasha olishi ichki (milliy) va jahon
bozorlarining aloqasini savdo, kapital va mehnat
harakati iloji boricha
erkin bo‘lganida, milliy pul birligining moslashuvchan kursi orqali
ifodalanadi.
Barcha rivojlangan mamlakatlar valutaning
ichki konvertatsiyasi
(almashuvi)ga egadirlar, ya’ni xorijiy valuta sotuvchi va xaridorning
kelishuvi asosida to‘lov sifatida qabul qilinadi.
Tashqi konvertatsiya –
rezidentlar xorijiy valutani norezidentlar bilan operatsiyada ishlata
olishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: