Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tovar konvertatsiyasi – iqtisodiyotning tovarlar va xizmatlar uchun 
milliy va xorijiy valutada pul to‘lovchi rezidentlar va norezidentlarning 
talablarini qondirish qobiliyati. 
Xorijiy valutaning milliy valuta bilan birga muomalada bo‘lishi (pul 
massasining 20 foizdan ortig‘i) ko‘pchilik davlatlarda mavjud. 
AQSh valutasidan muomalada to‘lov va jamg‘arma vositasi sifatida 
foydalaniladi. Dollarlashtirish sharoitida hukumat ko‘pincha inflatsiyani 
nazorat qilish imkonidan mahrum bo‘ladi, chunki aholidagi dollarning 
hajmi aniq ma’lum bo‘lmaydi. 
Valuta pariteti – qonun tartibida belgilangan va valuta kursining 
asosi hisoblangan ikki milliy valuta o‘rtasidagi nisbat. 
Valuta kursi (nominal) – turli mamlakatlarning ikki pul birligi 
o‘rtasidagi nisbat bo‘lib, u ushbu valutalarning xarid qobiliyati bilan 
belgilanadi (bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida 
ifodalangan narxi). 
Kross-kurs – ikki valuta kursi asosida hisoblangan uchinchi valuta-
ning kursi. Ayni bir valutaning turli milliy bozorlardagi kross-kurslari 
kotirovkasidagi farq foyda olishga imkon beradi. 
Valuta kotirovkasi (bevosita) – milliy valuta birligi valuta kursining 
xorijiy valuta birliklarining muayyan miqdori orqali ifodalanishi. 
Bilvosita kotirovka bevosita kotirovkaning teskarisidir. 


 655
Valuta kurslarini hisob-kitob qilishni osonlashtirish maqsadida milliy 
valutalar bir-biriga nisbatan emas, balki AQSh dollariga nisbatan va u 
orqali jahondagi boshqa valutalarga nisbatan kotirovka qilinadi, ya’ni 
kross-kursdan foydalaniladi (bunday operatsiyalar valuta orbitraji deb 
ataladi). 
Tezkor (muddatli) shartnomalar uchun spot-kurs (ikki kun mobaynida 
amal qiladi) va forvard kursi (kelajakdagi muayyan sanaga qarab bir 
yilgacha bo‘lgan muddatga) belgilanadi. Valuta kursi deganda, spot-kurs 
tushuniladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling