Nasoslarni tuzilishi, parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqa ko’rsatkichlariga qarab turlicha klassifikasiyalash usullari mavjud
Download 242.33 Kb.
|
1 laboratoriya ishi porshenli va kurakchali nasoslarni tavsifnom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Porshenli va kurakchali nasoslarni tavsifnomasini olish
- Markazdan qochma nasosning tuzilishi va ish prinspi Nasosishining asosiy ko’rsatkichlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INOVATSIALAR TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Texnalogik ta’lim yo‘nalishi Texnik mehanik fanidan 22.28-guruh talabasi Bahramova Zilolaxonning Porshenli va kurakchali nasoslarni tavsifnomasini olish mavzusida MUSTAQIL ISHI Farg‘ona 2023 PORSHENLI VA KURAKCHALI NASOSLARNI TAVSIFNOMASINI OLISH Reja: Porshenli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi Markazdan qochma nasosning tuzilishi va ish prinspi Nasosishining asosiy ko’rsatkichlari Nasoslarni tuzilishi, parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqa ko’rsatkichlariga qarab turlicha klassifikasiyalash usullari mavjud. Eng ko’p tarqalgan usulularni ishlash prinsipiga qarab klassifikasiyalashdir. Bunda nasoslar asosan ikkita katta gruppaga: kurakli va hajmiy nasoslarga bo’linadi. Bu ikki tur nasoslar deyarlik barcha nasoslarni o’z ichiga oladi, lekin bir qancha boshqacha prinsipda ishlaydigan nasoslar bu ikki klassga kirmaydi. Bularga oqimchali nasoslar (uchinchi klass sifatida ajratish mumkin) va ko’targichlar kiradi. Kurakli nasoslar yana markazdan qochma, o’qiy, propellerli, uyurma nasoslarga bo’linadi. Tuzilishi va ishlash prinsipi bir xil bo’lgani uchun ventilyatorlarni ham kurakli nasoslar klassiga kiritish mumkin. Ventilyatorlarning ham markazdan qochma, o’qiy, propellerli turlari mavjud. Kurakli nasoslarni ularning bir valida bitta yoki bir nechta ish g’ildiragi o’rnatilishiga qarab bir pog’onali va ko’ppog’onali nasoslarga ajratish mumkin. Markazdan qochma nasoslar so’rish usuliga qarab bir tomonlama so’ruvchi va ikki tomonlama so’ruvchi nasoslarga bo’linadi. Hajmiy nasoslar ikki gruppaga, porshenliva rotorli nasoslarga bo’linadi. Oqimchali nasoslar esa ejektor, injektorva gidroelevatorlarni o’z ichiga oladi. Nasoslarni suyuqlikka bergan bosimining miqdoriga qarab, past bosimli (bosimi 20 msuvust. gacha), o’rtacha bosimli (bosimi 20...60 msuvust. ga teng), yuqori bosimli (bosimi 60 suvust. yuqori) nasoslarga ajratish mumkin. Ularni bergan sarfiga qarab past, o’rta va yuqori sarfli nasoslarga gruppalash mumkin. Nasoslarni suyuqlikka berilgan energiya turiga qarab klassifikasiyalash ancha qulaydir. Nasosdan o’tayotgan suyuqlikka berilgan energiya uch xil bo’lishi mumkin: holat energiyasi (Z); bosim energiyasi ( ); kinetik energiya ( ). Faqat holat energiyasini beruvchi mashinalarga suv ko’targichlar deyiladi. Agar ko’tarilayotgan suyuqlik faqat suv emas, balki neft, turli moylarva boshqa xil suyuqliklar ham bo’lishi mumkinligini hisobga olsak, bu mashinalarni suyuqlik ko’targichlari deyish kerak bo’ladi. Bu gruppaga suv ko’tarish uchun ishlatilgan barcha qadimgi qurilmalarga: charxpalak, chig’ir, arximed vintiva boshqalar kiradi. Zamonaviy qurilmalardan bu gruppaga kiradiganlari qatoriga kam debitli quduqlardan neft chiqaruvchi tortuv qurilmalari, chuqur quduqlardan gaz va havo yordamida suyuqlik (suv, neft) ko’taruvchi ko’targichlar kiradi. I kkinchi gruppaga suyuqlikka bosimi orttirish yo’li bilan energiya beruvchi nasoslar kiradi. Suyuqlikni porshen bosimi (porshenli nasoslar), aylanuvchi jismlar (rotorli nasoslar), siqilgan havo, gaz yoki bug’ (pnevmatik suv ko’targichlar, Gemfri nasosi va h. k.) yordamida siqib chiqarish mumkin. Bularga suyuqlikka gidravlik zarb orqali impuls beruvchi mexanizmlar (gidravliktaran) ham kiradi. 2.1-rasm. Bir tomonlama ishlaydigan krovoship-shtunli nasos. 1-krovoship-shtunli mexanizm, 2-shtok, 3-porshen, 4-so`rish klapani, 5-haydash klapani, 6-so’rish trubasi, 7-tirgak klapan, 8-filtr, 9-haydash trubasi Uchinchi gruppa nasoslarda suyuqlikka kinetiken ergiya berilib, so’ngra u bosim energiyasiga aylantiriladi. Bularga birinchi galda kurakli (markazdan qochma, parrakli , o’qiy) nasoslar kiradi (ularda ish qismi valda aylanuvchi kurakli gildiraklardir), ikkinchidan oqimchali nasoslar (ejektorlar, injektorlar, gidravlik elevatorlar) kiradi (ularda suyuqlikka energiya beruvchi boshqa suyuqlik, gaz yoki bug’dir). Download 242.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling