Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
Maqsadlari va vazifalari barcha mamlakatlar xalqlarining 
manfaatlariga mos keladigan davlatlararo universal tashkilotlar. Bunday 
tashkilotlar – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining asosiy organlari 
(Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash, 
Vasiylik bo‘yicha kengash, Xalqaro sud) hamda mustaqil xalqaro 
iqtisodiy tashkilotlar hisoblanuvchi ixtisoslashgan muassasalar – Xalqaro 
valuta fondi (XVF), Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), uning 
sho‘ba tashkiloti bo‘lgan Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK), 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU), Xalqaro savdo tashkiloti (XST), 
BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) 
kabilardir. 
Asosan moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etish uchun tashkil 
qilingan mintaqaviy va xalqaro xususiyatga ega davlatlararo tashki-
lotlar – Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB), jahondagi turli 
mintaqalarning sanoati rivojlangan mamlakatlarini birlashtiruvchi 
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti (ITHT)dir. 
Jahon bozorining ayrim segmentlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro 
iqtisodiy tashkilotlar – Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti 
(OPEK), har xil xalqaro bitimlar (kofe, to‘qimachilik tovarlari kabilar 
bo‘yicha). 
«Katta sakkizlik» (Kanada, GFR, Fransiya, Yaponiya, Buyuk 
Britaniya, Italiya, AQSh, Rossiya kabi) jahon iqtisodiyotiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi yarim rasmiy birlashmalar orqali namoyon bo‘ladigan 


 672
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. Ushbu mamlakatlar global xususiyatga 
ega bo‘lgan dolzarb muammoli masalalarni ko‘rib chiqadilar va umumiy 
harakat yo‘nalishini ishlab chiqadilar. Ularning qarorlari ko‘pincha XVF, 
XTTB va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar siyosatini belgilab beradi 
(masalan, Rossiya 1998-yildan boshlab sammitlarda «Katta sakkizlik» 
a’zosi sifatida ishtirok etmoqda. 
Yarim rasmiy tashkilotlarga banklararo darajada faoliyat ko‘rsatuvchi 
kreditor mamlakatlarning Parij va London klublari kiradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling