Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suzib yuruvchi valuta kursi
- Xarid qobiliyatining pariteti
- Sudralib yuruvchi fiksatsiya
Real valuta kursi – o‘z mamlakatidagi va valutasiga milliy valuta
kotirovka qilinayotgan mamlakatdagi narx o‘zgarishlarini inobatga olgan holda qayta hisoblangan nominal valuta kursi. Qayd etilgan valuta kursi – valutalar o‘rtasida rasman belgilangan nisbat bo‘lib, undan ko‘pi bilan 2,25 foiz og‘ishga yo‘l qo‘yiladi. Nisbatan moslashuvchan valuta kursi – milliy valutalar o‘rtasidagi rasman belgilangan nisbat bo‘lib, belgilangan qoidalarga muvofiq valuta kursining ozroq o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘yadi. Suzib yuruvchi valuta kursi – talab va taklif ta’sirida erkin o‘zgaruvchi valuta kursi. Uning turlari: tuzatish kiritiladigan, suzib yuruvchi, boshqariladigan (MB uning tez-tez o‘zgarishiga qarab belgilaydi); mustaqil suzib yuruvchi (davlatning aralashmasligi). Xarid qobiliyatining pariteti deganda, har bir mamlakatda narx darajasi o‘zgarmagan taqdirda, turli valutalarning xarid qobiliyati tengligi tushuniladi. Boshqariluvchi suzish valuta kursi harakatini tezlashtirish yoki sekinlashtirish maqsadida valuta intervensiyalarini (xorijiy valuta sotib olish yoki sotishni) qamrab oladi. Milliy valuta kursining tushib ketishi (devalvatsiya) tovarlar eksporti va kapital (xorijiy investitsiyalar)ning ko‘payishiga olib keladi. Kursning o‘sishi (revalvatsiya) esa teskari oqibatlarga – tovarlar importi va kapital eksportining ortishiga olib keladi. Sudralib yuruvchi fiksatsiya – valuta kursining markaziy paritet atrofidagi o‘zgarishlari foizi sifatida belgilanishi bo‘lib, u ushbu kursning muayyan kattalikka muntazam ravishda kamayib borishini nazarda tutadi. Valuta kursini belgilovchi omillar quyidagilar: 1) to‘lov balansining taqchilligi (taqchillik kamayadi – kurs oshadi); 2) ichki narxlarning umumiy darajasi (narxlar tushadi – kurs ko‘tariladi); 656 3) mamlakat ichidagi real foizli stavka (stavka kamayadi – kurs pasayadi); 4) inflyatsion mo‘ljallar (inflatsiya sur’atlari pasayadi – kurs ko‘tariladi); 5) import bojlari va kvotalari (ularning ortishi kursning o‘sishiga olib keladi); 6) eksport bojlari va kvotalari (ularning kamayishi kursning o‘sishiga olib keladi); 7) eksportga bo‘lgan talab (talabning ortishi kursning o‘sishiga olib keladi); 8) importga bo‘lgan talab (talabning kamayishi kursning ortishiga olib keladi); 9) ishlab chiqarish, ichki talab, mehnat unumdorligi (ularning o‘sishi kursning ko‘tarilishiga olib keladi); 10) pul massasi, pul taklifi (ularning kamayishi kursning oshishiga olib keladi); 11) milliy va jahon bozorlarida valutaga bo‘lgan ishonch darajasi (iqtisodiyotning holati, siyosiy vaziyat va yuqorida sanab o‘tilgan omillar bilan belgilanadi). Jahon valuta bozorining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kapitalning erkin ko‘chishi; 2) valutalar oldi-sotdisiga nisbatan qat’iy kvotalarning, kursni tartibga solish bo‘yicha ma’muriy choralarning yo‘qligi; 3) bozorning transparentligi (shaffofligi) – uning barcha ishtirok- chilariga valutalar kurslari haqida doimiy axborot berilishi. Kapitalning harakatini quyidagi elementlar sekinlashtiradi: – valuta cheklovlari; – ishtirokchilari uchun valuta bozoridan foydalanishda tenglikning yo‘qligi (milliy kompaniyalarga qaraganda yirik va millatlararo kompa- niyalarda, tijorat banklariga qaraganda markaziy banklarda imkoniyat- larning ko‘pligi); – real miqyosdagi vaqtda markaziy banklarda intervensiyalarning hajmi to‘g‘risidagi axborotning yo‘qligi. Jahon valuta bozoriga muayyan xususiyatlar xosdir: 1) aniq jug‘rofiy chegaralar va muayyan joylashgan o‘rnining yo‘qligi; 2) kecha-yu kunduz (surunkali) faoliyat ko‘rsatishi; 3) cheklanmagan sonli ishtirokchilarning faoliyat ko‘rsatishi; 4) tovar likvidligining yuqori darajasi. 657 Valuta bozorining konyunkturasi, avvalo, shu paytga kelib qaror topgan xorijiy valutaga talab va taklif bilan belgilanadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling