653
Ochiq iqtisodiyot valutalarning ayirboshlanishini yuzaga keltiradi,
chunki buni tovarlar va resurslarning xalqaro harakati talab qiladi.
Har bir
mamlakatning milliy valutasi u uchun yagona to‘lov vositasi bo‘ladi,
ya’ni tovarlar faqat shu valutaga sotiladi. Shu sababli savdo-sotiq,
kapital
chiqarish yoki kiritish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish uchun o‘zga
mamlakatlar valutasini ma’lum narxda sotib olish kerak bo‘ladi. Shu bois
jahon valuta-moliya tizimi amal qiladi.
Tashqi savdo balansida muttasil ijobiy saldoga erishish mamlakatimiz
oltin-valuta zaxiralarining ortishiga va milliy valutamiz barqarorligi
ta’minlanishiga olib keldi, xorijiy valuta talab
etadigan yirik investitsiya
dasturlarini moliyalashtirish imkoniyalarini kengaytirdi. Xususan,
investitsiya dasturlarini moliyalashtirishda ahamiyati o‘sib borayotgan
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kapitali-
ning 2012-yil boshiga kelib 9 milliard dollardan oshib ketishida tashqi
savdoda ijobiy saldoga erishilayotgani asosiy rol o‘ynadi.
Jahon valuta-moliya tizimi – mustaqil amal qiluvchi yoki tovar va
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakatiga xizmat ko‘rsatuvchi
valuta-moliya munosabatlarining xalqaro bitimlar bilan
mustahkamlangan
shakli. Ushbu tizimning valuta elementlarini milliy valyutalar,
ularning
almashish va muomalada bo‘lish shartlari,
valuta pariteti, valuta kursi, uni
tartibga solishning milliy va xalqaro mexanizmlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: