Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Hozirgi jahon valuta-moliya tizimi 1978-yilda XVF ustavida
belgilangan quyidagi prinsiplarga asoslanadi: • mamlakatlar o‘zlari tanlagan istalgan valuta kursidan foydala- nishlari mumkin; • XVF valuta kurslarining rivojlanishi va ularning belgilanishi haqidagi kelishuvlar ustidan qattiq nazoratni amalga oshiradi; • oltinning rasmiy bahosi bekor qilinadi, u endi XVF va uning a’zolari o‘rtasida to‘lov vositasi hisoblanmaydi; • jahon valuta moliya tizimida qo‘shimcha zaxira aktiv sifatida maxsus qarz huquqlaridan (SDR – hisob-kitob birligi) foydalaniladi. XVF ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlarning valuta kurslarini tartibga solish borasidagi harakatlari valuta kurslarining boshqariladigan tizimi yaratilishiga olib keldi. Valuta bozori hosil bo‘ldi, jahon pullarining etalonini SDR tashkil qiladigan bo‘ldi. SDR quyidagi nisbatda olingan milliy valutalardan tashkil topadigan «valuta savati» asosida baholanadi: AQSh dollari – 42 foiz, Yevropa valutalari – 45 foiz, Yaponiya iyenasi – 13 foiz. Oltinning pul o‘rniga o‘tmay qolishi (demonetizatsiyasi) uning narxi bozorda belgilanadigan tovarlardan biriga (o‘ta likvid aktivga) aylandi. 661 AQSh dollari, yevro va iyena dunyoning uchta asosiy valutasi hisoblanadi. Jahon bozorlarida Buyuk Britaniya rolining va funt sterlingning almashuv kursi pasayganligiga qaramay, mamlakat butun jahon bo‘yicha tarqalgan bank muassasalarining rivojlangan tarmog‘i mavjudligi bois, uning zaxira valuta roli saqlanib qolmoqda. Dollar boshqa valutalar kotirovkasi chog‘ida umume’tirof etilgan bazaviy valuta hisoblanib kelmoqda. Bugun jahon kapitali yuqori foyda keltirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlardan yuqori darajada ishonchli bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarga qayta yo‘nalmoqda, bu esa AQSh uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. AQSh investitsiyalarga yangi texnologiyalar yaratish, yangi texnologik prinsiplar ishlab chiqishda ko‘maklashib, butun dunyo kapitalini o‘ziga jalb etmoqda. Texnologik ishlanmalar tovar funksiyasiga ega bo‘lib, boshqa mamlakatlar iqtisodiyotini Amerika iqtisodiyotiga bog‘lamoqda, ularni moliyaviy va texnologik darajada tobe qilmoqda. AQSh davlat boshqaruvining ustuvor vazifasi – boshqa mamla- katlardagiga qaraganda investitsiyalar uchun yaxshiroq sharoitni ta’minlash. AQSh o‘z manfaatlarini ko‘p yillar mobaynida o‘zi yetakchilik qilayotgan bir qator xalqaro tashkilotlar yordamida amalga oshirmoqda. AQShning XVF va jahon bankini nazorat qilishi nafaqat ushbu tashkilotlarning ustav jamg‘armalarida badallarining ko‘pligi bilan, balki ularning oliy rahbarlari tarkibi bilan ham ta’minlanmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling