Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Tovar aylanishiga xizmat ko‘rsatish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Tovar aylanishiga xizmat ko‘rsatish. Kredit nafaqat tovar, balki 
pul muomalasining tezlashishiga ham faol ta’sir ko‘rsatadi, uning pul 
muomalasi sohasiga veksellar, cheklar, kredit kartochkalarini kiritib
undan naqd pullarni siqib chiqaradi, bu esa ichki va xalqaro bozorlarda 
iqtisodiy munosabatlarni soddalashtiradi. 
5. Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solish xorijiy investitsiya-
larni, birinchi navbatda xalqaro valuta-kredit va mintaqaviy tashkilotlar-
ning kapitallarini jalb etish. Bu yalpi milliy mahsulotning ko‘payishi va 
taqsimlanishiga imkon yaratadi. 
6. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi. Ilmiy markazlarning 
normal faoliyati (budjetdan moliyalashtiriladigani bundan mustasno), 
innovatsion jarayonlarni kreditlardan foydalanishsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. 
Xalqaro kredit munosabatlari ssuda kapitallari bozoridagi ope-
ratsiyalarni tashkil qilishda qat’iy rioya etiladigan quyidagi prinsiplarga 
asoslanadi: 
1. Kreditning qaytarilishi – kreditordan olingan moliyaviy resurs-
larni qarzdor foydalanishni tugatgan zahoti o‘z vaqtida qaytarishi 
zarurligi, muayyan ssudani kredit tashkilotining hisobvarag‘iga tegishli 
pul mablag‘lari summasini o‘tkazish orqali qaytarish. Bu bankning ustav 
faoliyatini davom ettirishning zaruriy sharti sifatida uning kredit resurslari 
yangilanishini ta’minlaydi. 


 663
2. Kreditning muddatliligi – uni qarz oluvchi uchun qulay bo‘lgan 
har qanday vaqtda emas, balki kredit shartnomasida qayd etilgan aniq 
belgilangan muddatda qaytarishning zarurligi. Mazkur shartning buzilishi 
kreditor uchun qarzdorga nisbatan olinadigan foizni oshirish, muddati 
yana oshirilgan taqdirda, sud tartibida moliyaviy talablar qo‘yish shaklida 
namoyon bo‘ladigan iqtisodiy jazolarni qo‘llash uchun yetarli asos 
hisoblanadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling