664
qarzdorlarga tabaqalashgan yondashuvini belgilab beradi. Uning amalga
oshirilishi muayyan bankning individual manfaatlariga ham, davlat
yuritayotgan alohida tarmoqlar yoki faoliyat sohalari (masalan, kichik
biznes)ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
markazlashgan siyosatga ham
bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kreditning quyidagi shakllari farqlanadi:
1. Manbalari bo‘yicha: ichki va tashqi.
2. Maqsadi bo‘yicha:
1) tijorat kreditlari, ular tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita
bog‘liq;
2) moliyaviy kreditlar, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital kiritish –
obyektlar qurish, investitsiya
loyihalari, qimmatbaho qog‘ozlarni xarid
qilish, tashqi qarzni qaytarish,
valuta intervensiyasi;
3) oraliq – kapital, tovarlar, xizmatlarni olib chiqish yoki pudrat
ishlarini bajarishning aralash shakllariga xizmat ko‘rsatadigan kreditlar.
3. Turlari bo‘yicha:
1) tovar kreditlari (to‘lov muddatini kechiktirgan
holda tovarlarni
eksport qilishda);
2) valuta kreditlari (pul shaklida).
4. Qarz valutasi bo‘yicha:
1) qarzdor mamlakat valutasida yoki kreditor mamlakat valutasida;
2) uchinchi mamlakat valutasida;
3) xalqaro hisob-kitob pul birligida.
5. Muddatlari bo‘yicha:
– o‘ta qisqa muddatli (bir sutka,
bir hafta, uch oygacha);
– qisqa muddatli – bir yilgacha;
– o‘rta muddatli – bir yildan besh yilgacha;
– uzoq muddatli – besh yildan ortiq.
Agar qisqa muddatli yoki o‘rta muddatli
kreditlar prolongatsiya
qilinsa (uzaytirilsa), ular uzoq muddatli kreditga aylanadi, buning ustiga
ko‘pincha davlat kafolati beriladi.
6. Ta’minlanishi bo‘yicha:
1) ta’minlangan (tovarlar,
tijorat va moliyaviy hujjatlar, veksellar,
qimmatbaho qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, boshqa qimmatliklar, ba’zan
oltin bilan);
2) blankli, ya’ni qarzdorning majburiyatlari (veksel) hisobidan (uni
muayyan muddatda qaytarish sharti bilan).
Do'stlaringiz bilan baham: