Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mezonlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1.3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mezonlari
va rivojlanish tamoyillari 
U yoki bu integratsion guruhning tashkil qilinishi umuman xalqaro 
iqtisodiyot manfaatlariga qanchalik mos kelishini baholash uchun XX 
asrning 90-yillarida Butun jahon banki quyidagi prinsiplar (mezonlar)ni 
ifodalab berdi: 
1) 
mintaqaviy savdo bitimlari iqtisodiyotning istisnosiz barcha 
tarmoqlarini qoplab olishi kerak; 
2) o‘tish davri o‘n yildan ortmasligi hamda savdoni liberallashti-
rishning aniq jadvalini o‘z ichiga olishi kerak; 
3) savdo integratsiyaviy birlashma tashkil etilishidan avval liberal-
lashtirilishi kerak; 
4) umumiy bojxona tarifi eng qulay sharoit yaratish rejimining eng 
pastki tarifidan ortiq bo‘lmasligi kerak; 
5) yangi a’zolarni qabul qilish qoidalari erkin (liberal) bo‘lishi lozim; 
6) integratsiyaning eng rivojlangan darajalari (shakllari)ga tez o‘tish 
zarur; 
7) integratsiya birlashmasida dempingga qarshi qoidalar qo‘llanil-
masligi kerak. 
Aksariyat hollarda integratsiyaning ijobiy natijalari salbiy oqibatla-
ridan ortiq bo‘ladi. Buning umumiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
– integratsiya birlashmasida mamlakatlar qanchalik ko‘p va katta 
bo‘lsa, savdo hajmi shunchalik ko‘lamli bo‘ladi; 
– 
integratsiya birlashmasi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 
ushbu birlashma tuzilishidan avval qanchalik katta bo‘lgan bo‘lsa, savdo 
shunchalik samarador bo‘ladi; 
– raqobatning o‘sishi tovarlar sifatining ortishiga olib keladi, yangi 
texnologiyalar yaratilishini rag‘batlantiradi; 
– narx ko‘tarilishi kamayadi. 
Oxirgi o‘n yillar mobaynida jahon iqtisodiyotida Amerika Qo‘shma 
Shtatlari yetakchi bo‘lib kelmoqda. Hozirgi bosqichda AQShning 
yetakchiligi asosan bozorining miqyosi va boyligi, bozor tuzilmalarining 
rivojlanganlik darajasi, fan-texnika salohiyati, savdo, investitsiyalar va 


 687
bank kapitali yo‘nalishida qudratli va keng tarmoqlangan jahon xo‘jalik 
aloqalari tizimi tufayli bo‘lib, bu uning boshqa mamlakatlardan ustunlik 
qilishini ta’minlamoqda. 
AQShning hozirgi sanoati jahonda qazib olinayotgan butun 
xomashyoning taxminan 1/3 
qismini qayta ishlamoqda. Mamlakat 
mashina va uskunalarning eng katta bozoriga ega. Rivojlangan 
mamlakatlarda sotiladigan mashinasozlik mahsulotining 40 foiz dan 
ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. 
AQSh korporatsiyalari fan-texnika taraqqiyotining samolyotlar va 
kosmik apparatlar, o‘ta qudratli kompyuterlar va ularning dasturiy 
ta’minoti, yarim o‘tkazgichlar va eng yangi qudratli integral sxemalar, 
lazer texnikasi, aloqa vositalari kabi yo‘nalishlarida jahon birinchiligini 
mustahkam saqlab kelmoqdalar. Rivojlangan mamlakatlarda yaratilayot-
gan asosiy yangiliklarning 50 foizi AQShda joriy etiladi.
AQSh to‘plangan bilim massivlariga ishlov berish, axborot xizmatlari 
ko‘rsatish sohalarida ham mustahkam mavqega ega. Ushbu omil juda 
katta ahamiyatga ega, chunki axborot bilan tez va sifatli ta’minlash butun 
ishlab chiqarish apparatining ish samaradorligini borgan sari ko‘proq 
belgilab bermoqda. 
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan ma’lu-
motlar banklarining 75 foizi AQShda jamlangan. Yaponiyada xuddi 
G‘arbiy Yevropadagi singari, bunga teng keladigan ma’lumotlar banklari 
tizimi mavjud bo‘lmagani bois, ushbu mamlakatlar olimlari, muhandislari 
va tadbirkorlari hali uzoq vaqt davomida asosan Amerika manbalaridan 
bilim olishni davom ettiradilar. Bu esa ularning AQShga tobeligini 
kuchaytiradi, axborot iste’molchilarining tijorat va ishlab chiqarish strate-
giyasiga ta’sir etadi. 
G‘arbiy Yevropa jahon xo‘jaligida alohida o‘rin tutadi. Dunyo yalpi 
ichki mahsulotining 23 foizi va aholisining 7 foizi unga to‘g‘ri keladi. 
Mintaqaning asosiy iqtisodiy qudratini sanoati yuksak darajada 
rivojlangan to‘rtta katta mamlakat – GFR, Fransiya, Italiya va Buyuk 
Britaniya tashkil qiladi, ularda G‘arbiy Yevropa aholisining 50 foizi va 
yalpi ichki mahsulotining 70 foizi jamlangan. 
Jahon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining deyarli 20 foizi G‘arbiy 
Yevropada ishlab chiqariladi. Qishloq xo‘jaligi tovarlarining yetakchi 
ishlab chiqaruvchilari – Fransiya (14,5 foiz), GFR (13 foiz), Italiya (10
foiz) va Buyuk Britaniya (8 foiz) hisoblanadi. 
Atom energiyasi 10 ta mamlakatda ishlab chiqariladi va iste’mol 
qilinadi. Umuman Finlyandiya, Belgiya, Shveysariyaga uning 15–20


 688
foizi, Shvetsiya va Fransiyaga – 75 foizidan ortig‘i to‘g‘ri keladi. 
Jahon iqtisodiyotining barcha kichik tizimlarida, binobarin, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan differensiatsiya jarayon-
lari «yangi industrial mamlakatlar» nomini olgan mamlakat va 
hududlarning alohida guruhi ajralib chiqishiga olib keldi. 
Ushbu davlatlar hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarga 
qaraganda iqtisodiy o‘sishining yuqoriligi hamda rivojlanayotgan 
mamlakatlarning asosiy guruhlariga nisbatan xo‘jalik rivojlanishining 
ancha yuqori darajasi bilan ajralib turadilar. 
Yangi industrial mamlakatlarga quyidagi mamlakat va hududlar 
kiradi: Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong (Syangan), Singapur, 
Malayziya, Tailand, Argentina, Braziliya, Meksika. 
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyodagi quyidagi mamlakatlar eng jadal 
rivojlanmoqda: Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya, 
Tailand va Filippin, shuningdek Indoneziya. Aynan shu submintaqada 
ulkan Osiyo «texnologik makoni» shakllanmoqda. 
Osiyo yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining 
strategiyalari avvalo eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishga asoslangan. Shu bois, bu mamlakatlar poyafzal, kiyim-
kechak, to‘qimachilik mahsulotlari, maishiy elektron apparatura, shaxsiy 
kompyuterlar, yengil avtomobillar hamda yuksak texnologiyalarga 
asoslangan boshqa turdagi mahsulotlarni jahon bozoriga yetkazib 
beruvchilarga aylandilar. 
Lotin Amerikasida (Chili va Meksika bundan mustasno) ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish jarayonlari sekin kechmoqda 
(Argentina, Braziliyada) yoki umuman modernizatsiya qilinmayapti. Bu 
esa eksportga chiqarilayotgan tovarlarning yetarlicha raqobatbardosh 
bo‘lmasligiga olib kelmoqda. Iqtisodiyotdagi islohotlar ko‘pincha ijtimoiy 
sohadan ajralgan holda, islohotlarga tizimli yondashmagan holda amalga 
oshirilmoqda. 
Afrika geosiyosiy, iqtisodiy va sivilizatsiyaviy jihatdan o‘zaro ancha 
farq qiluvchi ikki submintaqadan iborat. Bular: Sahroi Kabirdan janubda 
joylashgan hudud hamda tipologik jihatdan Yaqin Sharqqa o‘xshash 
bo‘lgan Shimoliy Afrika. Mintaqada sayyoramizning aksariyat eng 
kambag‘al davlatlari joylashgan (mintaqaning 52 ta mamlakatidan 32 tasi 
«dunyoning eng kam rivojlangan mamlakatlari» guruhiga kiradi), 
ularning ahvoli nihoyatda og‘irligicha qolmoqda. Afrika oxirgi o‘n yillar 
ichida boyimayotgan, balki kambag‘allashayotgan qit’aga aylandi. 


 689
Afrika mamlakatlari iqtisodiy o‘sishining xarakteri va sur’atlari bir 
qator tiyib turuvchi omillar ta’sirida qolmoqda. Ular orasida davlat 
sektoridagi ortiqcha xarajatlarning salbiy ta’siri hamda rivojlanmagan 
iqtisodiy infratuzilma bilan bir qatorda, ichki siyosiy beqarorlik, 
davlatlararo nizolar, tashqaridan keladigan moliyaviy resurslar oqimining 
kamayishi, savdo sharoitlarining yomonlashuvi, xalqaro bozorlardan 
foydalanishning qiyinlashuvi kabilarni sanab o‘tish mumkin. 
Afrika mamlakatlari hali iqtisodiy rivojlanishning turli modellarini 
sinab ko‘rish bosqichidadir. Ushbu modellar mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish, xo‘jalik faoliyatini liberallashtirish va moliyaviy sohani 
barqarorlashtirishga asoslangan. Bunda ular sezilarliroq natijalarga faqat 
xususiylashtirishning miqdor ko‘rsatkichlarida erishdilar. Bu, aslida, faqat 
mulkchilik shakli o‘zgarganligini anglatadi va iqtisodiyotda sifat 
o‘zgarishlariga olib kelishi aniq emas. 
Afrika mamlakatlari G‘arb tajribasi bilan cheklanib qolmasdan, 
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari tajribasiga ham murojaat 
etmoqdalar. Mazkur yangi industrial mamlakatlarda hukumat tuzilmalari 
hamda fan-texnika taraqqiyotining to‘g‘ri tanlangan mezonlari iqtisodiy 
rivojlantirishni tezlashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynadi. 
Afrika mamlakatlari xorijga olib chiqayotgan xomashyo narxlarining 
keskin o‘zgarib turishi noaniqlik va jahon xomashyo iste’molchilariga 
borgan sari ko‘proq bog‘liqlik vaziyatini yuzaga keltirmoqda. Bu esa, o‘z 
navbatida, iqtisodiyotni beqarorlashtirmoqda. 
«Osiyo yo‘lbarslari» deb nomlanuvchi davlatlar xomashyoni qayta 
ishlovchi sanoatning rivojlanishi bugungi jadal sur’atlar bilan kechsa, tez 
orada ular o‘z tabiiy resurslarini tugatishi mumkin degan fikrni 
bildirmoqdalar. Ularning Afrika boyliklariga qiziqishlari mintaqaga 
investitsiyalarning ko‘plab kiritilishiga hamda eksportning keskin 
ko‘paytirilishiga olib kelishi mumkin. Buning natijasida Osiyo kapitallari 
Afrika qit’asining iqtisodiy rivojlanishida yangi davr ochishga da’vo 
qiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling