Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Jahon iqtisodiyotidagi integratsion birlashmalar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Jahon iqtisodiyotidagi integratsion birlashmalar. Jahon savdo 
tashkiloti (JST)ning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning 90-yillari oxirida 
dunyoda har xil turdagi 30 dan ortiq integratsion birlashmalar mavjud edi. 
Qiyoslash uchun, deylik, 70-yillarda 5–6 ta va 80-yillarda 18–20 ta 
bo‘lgan. 
XIIning harakatlantiruvchi kuchini o‘z faoliyatida eng maqbul 
miqyoslarga erishishdan manfaatdor korxonalar tashkil etadi. Ular 
integratsiyaning quyidagi afzalliklaridan foydalanadilar: 
1) bozorlar hajmining kengayishi; 
2) tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi; 
3) hamkorlik va kooperatsiya, bojxona cheklovlarisiz tovar va xiz-
matlarni ayirboshlash; 
4) 
har bir mamlakatda savdo vakolatxonalarini saqlab turish 
zaruratining yo‘qligi; 
5) keng miqyosga chiqish evaziga tor ixtisoslashgan eksportning 
o‘sishi; 
6) uchinchi mamlakatlar bozorlarini o‘zlashtirishga imkon beradigan 
daromadlarning ko‘payishi; 
7) ishlab chiqarish hamda tovar va xizmatlarni sotish xarajatlarini 
kamaytirish evaziga mintaqa ichidagi savdoning samaradorligi; 
8) integratsiya birlashmalarining huquqiy bazasi iqtisodiy jihatdan 
ojizroq mamlakatlarni himoya qilishga qaratilganligi. 
Davlatlar integratsiyalashuvi chog‘ida ular suverenitetining chekla-


 682
nishi ilgari tovarlar importidan proteksionistik usullar bilan himoyalangan 
mamlakatlarning ishlab chiqarish tarmoqlariga zarar yetkazishi mumkin. 
Shu sababli ayrim mamlakatlar mustaqil milliy siyosat yuritib, 
hamjamiyatning yagona birxillashtirilgan talablarini qabul qilishdan bosh 
tortadilar (masalan, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Shveysariya 
yevro pul birligiga o‘tishdan bosh tortganligini misol sifatida keltirish 
mumkin). 
Integratsion birlashmalar a’zolari bo‘lgan davlatlar JSTning uchinchi 
mamlakatlarga eng ko‘p qulaylik rejimi berish haqidagi talablari 
(qoidalari)ni qabul qilmasliklari mumkin. XII bo‘yicha sheriklarga 
boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq imtiyozlar beriladi. 
Aksariyat mamlakatlar umumjahon (JST doirasidagi) iqtisodiy 
integratsiyasiga erishish yo‘lida yaqin istiqbolda tor mintaqaviylikni afzal 
ko‘radilar. 
Ko‘pchilik integratsion birlashmalar qo‘yilgan maqsadlardan ancha 
uzoqdadirlar (51 ta Afrika mamlakatini o‘z ichiga olgan iqtisodiy ittifoqni 
tashkil qilish maqsadini e’lon qilgan Afrika iqtisodiy hamjamiyati 1994-
yildan boshlab 34 yil davom etgan o‘tish davri mobaynida tashkil qilindi). 
E’lon qilgan maqsadlari va nomlari qandayligidan qat’i nazar, 
aksariyat guruhlar yo savdo bitimlari preferensial darajasida, yo amalga 
oshirilishi eng oson bo‘lgan erkin savdo zonasi darajasidadirlar. Eng 
rivojlangan integratsion birlashma Yevropa Ittifoqi (YEI)dir. 
1988-yilning boshida AQSh bilan Kanada o‘rtasida erkin savdo 
zonasi yaratish haqida bitim tuzilgan, 1992-yilda esa Shimoliy Amerika 
erkin savdo uyushmasi – NAFTA tashkil etildi (AQSh, Kanada, 
Meksika). NAFTA umumiy mintaqaviy bozor tashkil etilishiga, tovar va 
xizmatlar, kapital va mehnatning erkin ko‘chib yurishiga yo‘l ochdi.
NAFTA doirasida eksportning kengayishi, ish o‘rinlarining 
ko‘payishi kuzatilmoqda. Kanada tashqi savdo aylanmasida AQShning 
ulushi 70 foizni, AQSh tashqi savdosida Kanadaning ulushi esa 20 foizni 
tashkil etadi (qiyoslash uchun: YEIda Germaniyaning Fransiya tashqi 
savdo aylanmasidagi ulushi taxminan 20 foiz, Fransiyaning Germaniya 
tashqi savdosidagi ulushi esa – taxminan 10 foiz). Meksikada xorijiy 
investitsiyalar hajmi ancha ko‘paydi. NAFTA mamlakatlarida ijtimoiy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtachalashib, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo 
hajmi ortib bormoqda. 
Jahon yalpi ichki mahsulotining 60 foizini ishlab chiqaruvchi Osiyo 
va Tinch okeani mintaqasida «Osiyo to‘rtburchagi» shakllandi: Yaponiya 
– Xitoy – yangi industrial mamlakatlar (Janubiy Koreya, Tayvan, 


 683
Gonkong, Singapur) – ASEAN (Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari 
uyushmasi: Indoneziya, Malayziya, Tailand, Filippin, Singapur, Bruney, 
Vyetnam). 
Ushbu mamlakatlarning integratsiyasi ASEAN negizida amalga 
oshmoqda va uch yo‘nalishni qamrab oladi: 
1) bozor yo‘nalishi (erkin savdo zonalari); 
2) bozor institutsional yo‘nalish (bozorning maqsadga qaratilgan 
boshqaruv bilan uyg‘unlashuvi); 
3) mintaqa doirasida loyihalarning amalga oshirilishi (TMKning 
rivojlanishi, sanoat vositachiligi). 
2007-yilda 1989-yilda ta’sis etilgan va 21 
ta davlatni qamrab 
oladigan Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyatiga o‘xshash erkin 
savdo zonasini tashkil qilish mo‘ljallangan edi. 
Janubiy Amerikada xalqaro iqtisodiy integratsiyani faollashtirishda 
MERKOSUR, ya’ni 1991-yilda Argentina, Braziliya, Paragvay va 
Urugvay tomonidan tashkil qilingan Janubiy Konus mamlakatlarining 
umumiy bozori borgan sari ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu Lotin 
Amerikasining eng katta bozoridir (aholining 45 foizi 200 mln.dan ortiq; 
jami YAIMning 50 foizi taxminan 1 trln. dollar; bevosita xorijiy 
investitsiyalarning 40 foizi jalb etilgan). 
Janubiy Amerika xalqaro iqtisodiy integratsiyasining boshqa 
birlashmalari orasida quyidagilar ajralib turadi: 
– And kanti (Boliviya, Venesuela, Kolumbiya, Peru, Ekvador); 
– Markaziy Amerika umumiy bozori (Gvatemala, Gonduras, Kosta-
Rika, Nikaragua, Ekvador); 
– KARIKOM (Karib hamjamiyati) – ingliz tilida so‘zlashuvchi 14 ta 
Karib havzasi mamlakatlari. 
Mazkur birlashmalar erkin savdo zonasi darajasidadirlar. 
Afrikada XII 60-yillar oxirida boshlangan. Afrikadagi eng faol 
integratsion guruhlar quyidagilar: 
– 1975-yilda tashkil etilgan va 16 ta davlatni o‘z ichiga olgan G‘arbiy 
Afrika davlatlarining iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS); 
– 1993-yilda tashkil qilingan va 21 ta mamlakatni qamrab olgan 
Sharqiy va Janubiy Afrika umumiy bozori
– 1992-yilda tashkil etilgan Afrika janubini rivojlantirish hamja-
miyati; 
– 1967-yilda tashkil qilingan va 6 ta mamlakatni o‘z ichiga olgan 
Markaziy Afrika bojxona va iqtisodiy ittifoqi. 


 684
Afrikada XIIni rivojlantirish borasidagi muammolarga: mamlakatlar 
iqtisodiy rivojlanishi darajasining har xilligi, iqtisodiyotning bir xilligi va 
diversifikatsiyalashmaganligi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, siyosiy 
beqarorlik kabilarni kiritish lozim. 
MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) – suveren davlatlar 
(Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ukraina)ning 
birlashmasi bo‘lib, 1991-yilda ular o‘rtasida imzolangan shartnomaga 
muvofiq tashkil qilingan. 
MDHning tuzilishi uchun asos sifatida yangi xo‘jalik aloqalarini 
shakllantirish prinsipi (ma’muriyatning o‘zboshimchaligini iloji boricha 
kamaytirish, ko‘p tomonlama va ikki tomonlama muvofiqlashtirish) 
xizmat qiladi. MDH hududida joylashgan korxonalarning xo‘jalik 
faoliyati uchun iqtisodiy jihatdan bir xil maydonni (erkin savdo zonasini, 
umumiy axborot makonini) yaratish dolzarb vazifadir. 1994-yilda 
MDHning davlatlar ustida turadigan boshqaruv organi – Davlatlararo 
iqtisodiy qo‘mita tashkil qilingan. 
Keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va tashqi savdo 
manfaatlarining umumiyligi asosida 1995-yilda Bojxona ittifoqi tashkil 
qilindi. Uning negizida Belarus Respublikasi, Rossiya, Tojikiston, 
Qozog‘iston, Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan YevrOsiyo hamjamiyati 
rivojlanmoqda.
Umumiy iqtisodiy makon shakllanishi davomida birinchi bosqichda 
erkin savdo zonasi, bojxona ittifoqi, to‘lov ittifoqi, umumiy mehnat 
bozori, umumiy agrar bozor, umumiy investitsiya va ilmiy-texnikaviy 
makon yaratish hamda rivojlantirish vazifalari qo‘yilgan. 
MDHdagi integratsiya natijalari ziddiyatlidir: erishilgan shartla-
shuvlarning aksariyati bajarilmagan, ammo Hamjamiyat tarqab ketmadi 
va o‘z mavjudligi maqsadga muvofiqligini isbotladi. 
Hozirda Yevropa Ittifoqi 27 ta mamlakatni: Belgiya, Bolgariya, 
Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Germaniya, Fransiya, Daniya, 
Irlandiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, 
Finlyandiya, Shvetsiya, Polsha, Chexiya, Vengriya, Slovakiya, Litva, 
Latviya, Ruminiya, Estoniyani o‘z ichiga olgan. Yevropa Ittifoqi (YEI) 
1991-yilda tashkil qilingan. 2012-yilda Yevropa Ittifoqiga Xorvatiyaning 
kirishi rejalashtirilgan edi. Turkiyaning qo‘shilishi haqida muzokaralar 
olib borilmoqda. 
YEI quyidagi maqsadlarni qonun tariqasida belgilab qo‘ygan: 


 685
– Yevropa fuqaroligining joriy etilishi; 
– erkinlik, xavfsizlik va qonuniylikning ta’minlanishi; 
– iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga ko‘maklashish; 
– Yevropaning jahondagi rolini kuchaytirish. 
YEI davlatlarining iqtisodiy va valuta ittifoqi YEI valutasi bo‘lmish 
yevro amal qiladigan umumiy iqtisodiy makonni shakllantiradi. YEIning 
moliyaviy vositalari turli fondlar (mintaqaviy rivojlanish, ijtimoiy, 
jipslashuv fondi va boshqalar)dir. Yevropa investitsiya banki uzoq 
muddatli investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. 
YEIning asosiy boshqaruv organlari – Yevropa Kengashi, 
Yevrokomissiya, Yevroparlament. Yordamchi va maslahat organlari – 
Iqtisodiy va Ijtimoiy qo‘mita, Mintaqalar qo‘mitasi, Hisob palatasi 
(Auditorlar palatasi). 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012-yil 1-may 
kuni Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi Vakolatxonasi 
(Delegatsiyasi) rahbari – elchisi etib tayinlangan Norber Justendan 
ishonch yorlig‘ini qabul qildi. Norber Justen Yevropa Ittifoqining 
O‘zbekistondagi Vakolatxonasining ilk rahbari sifatida o‘zaro manfaatli 
hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarini 
ishga solishini ta’kidlagan. 
1996-yilning iyunida Florensiyada davlat va hukumat rahbarlari 
darajasida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni 
har tomonlama mustahkamlashga asos bo‘lgan Sheriklik va Hamkorlik 
to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. 
2011-yilning yanvar oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi 
ikki tomonlama muzokara va uning yakunlari yuzasidan imzolangan 
hujjatlar O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi keng ko‘lamli 
muloqotlarga yangi imkoniyatlar yaratdi. Ikki tomon ham savdo-iqtisodiy 
va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Mamlakati-
mizda 2012-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa investorlari ishtirokida 
tuzilgan 840 dan ziyod korxona o‘zaro manfaatdorlik asosida faoliyat 
ko‘rsatmoqda, YEIga a’zo 
mamlakatlarning qariyb 270
yetakchi 
kompaniyasi vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 
2011-yilda O‘zbekistonning YEI mamlakatlari bilan olib borgan 
umumiy savdosi hajmi 2010-yildagiga nisbatan qariyb 20 foiz o‘sdi 
va 2,3 milliard AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining 
Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasidagi loyiha va dasturlarni 
amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 
Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda, xavfsizlik, 


 686
atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslarini boshqarish sohalarida, 
demokratlashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish hamda inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash 
borasida o‘zaro hamkorlikda tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling