Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Integratsiyaning barqarorlik va xavfsizlik kafolati ekanligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Integratsiyaning barqarorlik va xavfsizlik kafolati ekanligi 
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan 
quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilmoqda: 


 690
birinchidan, o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda 
davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 
ikkinchidan, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar, hamkorlik uchun 
ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga 
sodiqlik; 
to‘rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan 
ustuvorligi; 
beshinchidan, tashqi aloqalarni ikki tomonlama, ham ko‘p 
tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. 
Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turli yo‘nalishlari 
bo‘yicha muvaffaqiyatli rivojlantirishni xavfsizlik va barqarorlikning 
kafolati deb bilamiz. O‘zbekiston dunyo uchun ochiq. Biz ham dunyoning 
O‘zbekistonga juda katta qiziqish bilan qarayotganligini his etmoqdamiz. 
Bu esa O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun eng yaxshi kafolatdir. 
Buni biz O‘zbekiston kapital sarflash nuqtai nazaridan ham, dunyo 
miqyosidagi keng qamrovli xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida 
mintaqada barqarorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan ham borgan sari 
e’tiborga sazovor bo‘lib borayotganligining dalili deb bilamiz
1
.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining integratsiyaning beqiyos ahamiyati 
to‘g‘risidagi quyidagi fikrlarini keltirishni o‘rinli deb bildik: «XXI asr, 
shubhasiz, xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr 
bo‘ladi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va 
tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish 
jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas, balki ayrim mintaqalar 
ko‘lamida ham, shuningdek, umuman – butun sayyoramiz ko‘lamida ham 
sobitqadamlik, barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq zarur. 
Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-
xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga 
asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan 
mamlakatlarning boshlang‘ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. 
O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va 
mintaqa ko‘lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir 
muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
1
Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ
ɬɚԟɞɢɞ, ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 
1997. – Ȼ. 296–297.


 691
uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning 
mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining 
zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O‘zbekistonning jahon 
hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»
1
.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling