Microsoft Word Konfutsiychilar va legistlarni ta


Download 62.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.10.2023
Hajmi62.83 Kb.
#1693317
1   2   3
Bog'liq
httpsfayllar.orguploaddownloadid722943

Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik 
eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan 
birga). 
Konfutsiy
asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke 
— miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi 
(miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—
824) va boshqa 
Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi 
muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va 
ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, 
podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli 
yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado 
etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga 
erishishni istasang , unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu 
qilmasang , uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk 
taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin 
qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining 
muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; 
sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga 
xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday 
fazilatga ega boʻladi. 
Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. 
Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha 
maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan 
tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta 


eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib 
yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. 
Ular oʻrtasida keskin kurash borgan. 
Konfutsiy milodiy 1 -a.da davlat taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda 
daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da 
neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi. 
Xulosa 
Chin mamlakati deganda, barchaning ko’z o’ngida eng avvalo tobora yuksalayotgan 
mamlakatu uzun cho’pchalarni mohirona ishlatib taom yeyayotgan odamlar, Buyuk 
Xitoy devoriyu Pekin operasi… va, albatta, buyuk donishmand Konfutsiy 
gavdalansa ajab emas. Yunon falsafasida Suqrotning o’rni qay darajada bo’lsa, Xitoy 
falsafasi ham Konfutsiy nomi bilan mashhuri jahondir. Oradan qancha vaqt o’tmasin, 
oltin yillar osha sayqal topgani singari uning purma’no hikmatlari ham asrlar osha 
yangi-yangi qirralari bilan jilolanmokda. Konfutsiy ilgari surgan g’oyalar nafaqat 
Xitoy, ayni vaqtda Yaponiya, Koreya, V`etnam xalqlarining o’y-fikri va hayotiga 
chuqur ta’sir ko’rsatgan. Konfutsiy ta’limoti markazida “oliy odam” (tushunchasi, 
g’oyasi, maqsadi) turadi. «Oliy odam» hukmron tabaqaning har tomonlama komil 
vakili bo’lib, Konfutsiy ta’limoti yordamida o’zida oliyjanob fazilatlarni 
shakllantirgan. Faylasufning “Hikmatlar”i “oliy odam”ning shunday yuksak insoniy 
fazilatlarini aks ettiradi. Aniqroq aytganda, bunday odam oliy hukmdorga nisbatan 
chuqur ehtiromli, xalqqa muruvvatli bo’lib, butun kuch va qobiliyatini jamiyat 
oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an’analarning to’la-to’kis bajarilishini 
ta’minlashga sarf etuvchi kishidir. 



Download 62.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling