Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin
31 C) Balki, men ham shoir bo`larman. D) Afsuski, barcha urinishlar bekor ketibdi. Majburiy fan. Ona tili. Variant-49 1. Kimda boylik qator-qator, Lekin sho`rlik tirnoqqa zor. Ushbu gapda ma’no ko`chish turini aniqlang? A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik 2. Olloh nazari tushgan jannatmakon ona zaminimiz dovrug`i mustaqillik sharofati ila bugungi kunda butun dunyoga yoyilmoqda. Ushbu gapda yoyilmoqda so`zi qaysi ma’noda qo`llangan. A) taxlangan, o`raglan narsani ochmoq B) tevarak-atrofga taralmoq, anqimoq C) kichik-kichik guruhlarga bo`linib ketmoq D) kishilar qulog`iga yetib bormoq, shu tarzda ma’lum va mashhur bo`lmoq 3. Qaysi javobda o`z paronimi bilan turli xil so`z turkumiga oid bo`la oladigan so`z berilgan? A) she’r B) amr C) azm D) yaroqli 4. Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan? A) Qoqilgan odam yerda yotgan toshdan o`pkalaydi. B) Bu mavzu oldin ham ishlangan, lekin ommaga e’lon qilinmagani uchun jamoatchilik bexabar qolgan. C) “Egilgan boshni qilich kesmas” — deydi dono xalqimiz. D) Ziyofatga taklif etilgan mehmonlar kelishdi. 5. So`zlashuv uslubida qo`shma gaplarning, asosan, qaysi turi ishlatiladi? A) bog`lovchisiz qo`shma gap B) bog`langan qo`shma gap C) ergashgan qo`shma gap D) murakkab qo`shma gap 6. Qaysi gapdagi ega vazifasidagi kelgan so`z tarkibida burun undoshi qatnashgan ? A) Bu ovoz menda yana umid uchqunlarini paydo qildi. B) Ijodkor turmushni har tomonlama o`rganadi. C) Menga o`xshagan o`yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi. D) Maydonchada bola arqonlarga osilib o`ynamoqda. 7. Yuklama ishtirok etgan shaxsi umumlashgan gapni belgilang. A) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. B) Hatto oyning-da yuzida dog‘ bor. C) Manzillar uzoq bo‘lsin-u, ko‘ngillar uzoq bo‘lmasin. D) Korxonaga bu yo‘ldan sira kelmagan ekanman. 8. Qaysi javobda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori berilgan? A) hushomad, hovoncha, hokandoz B) hijil, xijjalamoq, xo’randa C) ho‘randa, xijjalamoq, xufiyona D) xipcha, halizamon, xuruj 9. Qaysi uslub (lar)da gapda so’zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat’iy saqlanadi? A) ilmiy va badiiy uslublarda B) rasmiy va so'zlashuv uslublarda C) publitsistik va rasmiy uslublarda D) ilmiy va rasmiy uslublarda 10. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Mevasini ko‘tarolmagan shox qarsillab sindi. B) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi. C) Yo‘l yoqasidagi azm yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. D) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. 11. Korxonaga yangi zamonaviy texnika joriy etildi. Ushbu gapda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilgan? A) nutqning jo’yaliligi B) nutqning aniqligi C) nutqning sofligi D) nutqning mantiqiyligi 12. Tilingni avayla, omondir boshing. So‘zingni avayla, uzayar yoshing. (Yusuf Xos Hojib). Berilgan hikmatli gapda necha o‘rinda til oldi jarangli undosh ishtirok etgan? A) 11 ta B) 13 ta C) 15 ta D) 10 ta 13. Qo’shimcha qo’shilishi natijasida asosida tovush tushishi yuz bergan so’zlarni toping? A) so’rog’im, o’rtog’im B) o’rni ulg’ay C) xatoying, pasay D) ayrim, aldov 14. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gap tarkibida so’zlarga qo’shimcha qo’shilishi natijasida qanday fonetik o’zgarishlar ro’y bergan? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi D) tovush orttirilishi va almashishi 15. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar qatori berilgan? A) tirnoq, chelak, parrak B) qiliq, istak, elak C) so‘roq, terak, ko‘zoynak D) bo‘yoq, ittifoq, qiziq Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling