Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-50
1. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) bilak, qovoq, chelak B) axloq, tirnoq, pishloq C) yurak, buyruq, kerak D) sovuq, sana, o‘yim 2. Qaysi javobda tarkibida jarangsiz til oldi undosh(lar)i ishtirok etgan yasama narsa otlari berilgan? A) qisqich, taroq, o‘chirg‘ich B) yurtdosh, tilshunos, quroldosh C) go‘sht, pichoq, qoshiq D) guldon, elak, kiyim 3. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi tarkibida qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan. B) Jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. D) Jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan 4. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m; 4) qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6) tush...nmoq. A) 2, 3, 6 В) 1, 2, 4, 6 C) 3, 5 D) 1, 3, 5 5. Qaysi gaplarda tire tushirib qoldirilgan emas? 1) Tinchlik farovon hayot manbayi. 2) Mehmonlarning aksariyati oʻrta yoshli ekan. 3) Aytilgan soʻz otilgan oʻq. 4) Har narsaga qiziqish biz uchun eski odat edi. 5) Yaxshi so'z yurakka malham. A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3,4 D) 1,2,5 6. Qaysi gapda tiniish belgisi bila bog'liq xatolik mavjud? A) Men sizni, oyijon, juda yaxshi ko'raman! B) Poytaxt bo'lish uchun, avvalambor, poytaxtlik maqomi kerak. C) Badantarbiya bilan shug'ullanish sog'lik garovi. D) Men keldim. 7. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so'z mavjud emas? A) Kesim - hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko'rsatuvchi eng muhum boʻlak. B) Ellik yil ezildik, tahqir etildik, qo'limiz bogʻlandi, huquqimizga tajovuzlar boʻldi. C) Dexqon jo'xorini quritibdi, to'qmoqlab, donini ajratib olibdi. D) Bo'stonda atirgul va rayxonlar eng yoqimli gullardir. Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 32 8. Qaysi gapda imloviy xatoga yoʻl qoʻyilgan? A) Shoir o'z qaxramonini bejiz bunday atamaganini asosladi. B) Mabodo men chiqolmay qolsam, qo'ni-go'shnilarga o'zing bosh bo'lib borasan. C) Maktabda she'rxonlik kechasi o'tkazilyapti. D) Men otam haqida roman qoralayapman. 9. Qaysi biri ortiqcha A) Do‘st B) Dushman C) Og‘ayni D) Jo‘ra 10. Qaysi biri ortiqcha? A) 24 ga kirdim B) Navoiyni o‘qidim C) Hirot yig‘ladi D) Tirnoqqa zor 11. Qaysi biri ko‘makchi emas? A) Sari B) Sayin C) Yana D) Kabi 12. Mullajiring bu? A) Narvon B) Pomidor C) Xol D) Pul 13. Qaysi gapda xato yozilgan so‘z bor? A) Ertaga buvimni ko‘rgani qishloqqa bormoqchimiz. B) Onlayn tanlovda faol o‘quvchilarning ishtiroki ta'minlandi. C) Toqqa chiqqanda tabiatning go‘zalligiga yana bir bor guvoh bo‘lasiz D) Chelakka suv to‘ldirib, ko‘chatlarga quyib chiqdim. 14. Qaysi qatorda qo‘sh undoshli so‘zlar berilgan? A) Qadr, dars, alp, oddiy B) Uyqu, maktab, alla, ochiq C) gramm, katta, jizza, yetti D) davr, naqd, sabr, aql 15. Faqat ochiq bo‘g'inli so‘zlar berilgan qatorni toping. A) ota, muhokama B) maktab, oltin C) Soat, osmon D) alla, salom Majburiy fan. Ona tili. Variant-51 1. Qaysi so‘zlar talaffuzida y undoshi orttirilsada, yozuvda aks etmaydi? A) Soat, ovqat B) rost, g‘isht C) oid, shoir D) o‘rin, singil 2. v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub bo‘la olmaydi? A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra 3. Qaysi qatorda yonma-yon kelgan undoshlar orasida bir unli orttirilsa, yangi so‘z hosil bo‘ladi? 1) aql; 2) asl; 3) ahl; 4) qahr; 5) asr; 6) qurt A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6 4. Qaysi so‘zlarning 2-bo‘g‘inida u yoziladi? 1) tush..nmoq; 2) tug‘..lmoq; 3) qur..lmoq; 4) tush..rmoq; 5) yug..rmoq A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 5 5. O‘timli fe’llar qatorini aniqlang. A) ko‘rdi, jonlandi, kuldi, qaradi B) ichdi, ko‘rdi, almashdi, quvontirdi C) so‘rattirdi, joylashdi, o‘xshadi, yuzlandi D) terildi, ko‘rishdi, qaradi, quvondi 6. Qaysi gapdagi yasama sifat asosida faqat portlovchi tovushlar ishtirok etgan? A) Insonning aqli mushtidan ko‘ra qudratliroq. B) Nomus jondan ham qimmatliroq. C) Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo‘q. D) Andishali muloqot-ulug‘lik belgisi. 7. Qaysi gapda asosi yasama sifat bo‘lgan ot aniqlovchi vazifasida kelgan? A) Andishasizlikning hosili - xijolat. B) Sergaplik dushmaningizdir, chunki u sening aybingni ochib tashlaydi. C) Senga beradigan maslahatim shuki,umidsizlikka tushma. D) Vafoli odamning do‘stlari ham samimiy bo‘ladi. 8. Egasi noma’lum gap tarkibida qo‘llangan belgilash olmoshini toping. A) Har kim ekkanini o‘radi. B) O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kim yo‘q yerda chalingan kuyga o‘xshaydi. C) Vatanni har jihatdan yuksaltirishga va ko‘ksini qalqon qilib himoya qilishga da’vat etadi. D) Har qanday ishda mashaqqat borligini yodda tutish kerak. 9. Qaysi gapda teng bog‘langan so‘zlar faqat sanash ohangi yordamida birikkan? A) Insonning qalbi va aqlida xuddi nutqidagi kabi u tug‘ilib o‘sgan yurtning muhri bo‘ladi. B) Ahmoqlar hamda tentaklarga butun dunyo o‘z tentakliklari nurida ko‘rinadi. C) Dunyoni taqdir va nayrang boshqaradi. D) Bugun ma’naviyat, mafkura davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 10. Quyida berilgan gapdagi yordamchi so‘z turkumiga kiruvchi birliklar sonini aniqlang. U o‘zini yo‘qotib, shunday ayanchli bo‘lib ko‘rindiki, Fotima to‘xtab qoldi-da, kuchli odamlar singari uni avaylab bag‘riga bosdi. A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 11. Tobe so‘zida faqat til undoshlari ishtirok etgan otli birikmani toping. A) anglatadigan so‘z B) har bir yurt C) ma’naviy boylik D) imkoniyat yaratish 12.Quyidagi gaplarning qaysi birida sabab ma’nosini ifodalagan ravishdosh shakli qo’llangan ? A) Ona kelar yo’lda yugurib , Ko’ringandan qizini so’rab B) Shamol tinavermagach , tog’ga chiqishni qoldirdi. C) Xola , ukam qani , olib ketgani keldim D) Malika dunyodan o’tgach , unga atab shoh “Tojmahal”ni qurdirdi. 13. Insonlar ongida ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e’zozlash ustivor bo‘lgan. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan? A) ega, to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi C) to‘ldiruvchi, kesim D) ega, kesim 14. Аyiruv bоg‘lоvchilаri uyushiq egаlаrni bоg‘lаgаn javobni аniqlаng. A) Usmоnаli militsiyagа dаm tеlеfоn qilаr, dаm o‘zi bоrib kеlаr, yanа kеchаsi bilаn tеlеfоn оldidа o‘tirib chiqаr edi. B) Qurilishgа dаm g‘isht, dаm sеmеnt yеtishmаydi. C) Sаvоbdir jilg‘аgа sоysаn, dеb аytsаng, Yo хunuk аyolgа оysаn, dеb аytsаng. D) Yolg‘оn yo fаrzаndgа urаr, yo dаvlаtgа urаr. 15. Borib anhordan endi suv ichaman deb engashganimni bilaman, changalzor bilinar-billinmas shitirlagandek bo‘ldi. Ushbu gapda ravishning qaysi turlari qatanshgan? A) payt va holat ravishlari B) holat ravishi C) payt ravishi D) o‘rin va payt ravishlari Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling