Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-60
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-60
1. Yuqumli kasallikning bir nechta mamlakat, qitʼada yoppasiga tarqalishi .... A) epidemiya B) bakteritsid C) azimut D) pandemiya 2. Varvarizm berilgan qatorni aniqlang. A) limon, koʻkat B) gapni qiyvordi, ment C) karoche, davay D) maymun, danap 3. Koʻz ilgʻamas iborasining maʼnosi nima? A) mayda B) katta C) toza D) uzun 4. Qaysi qatorda feʼlning harakat nomi qoʻshimchasi bilan shakldosh boʻlgan koʻmakchi morfema qatnashmagan? A) oʻqishdi B) borishdi C) hazillashdi D) kulishdi 5. Qismlari kelishik va koʻmakchilarsiz bogʻlangan feʼlli soʻz birikmalarini aniqlang. A) oz bermoq, koʻrgani bormoq B) yiqila yozmoq, ruxsat soʻramoq C) kirib chiqmoq, nazarga tushmoq D) eski boʻlmoq, daraxt ekmoq 6. Qaysi javobda ot+ot tipidagi qoʻshma sifat aniqlovchi vazifasida kelgan gap berilgan? A) Asalarining uyasi inson qoʻli yetmaydigan joylarda boʻladi. B) Toshbagʻirlarda ham nomus bor, ular or-nomusini har narsadan ustun qoʻyishadi. C) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. D) Hulkar binafsharang koʻylagini kiysa, yanada chiroyli boʻlib ketardi. 7. U ham har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni oʻynatardi. Ushbu gapda qatnashgan yasama soʻzlar haqidagi qaysi maʼlumot toʻgʻri? A) Otdan yasalgan feʼl qatnashgan. B) Ravishdan yasalgan sifat qatnashgan C) Feʼldan yasalgan ot qatnashgan D) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan 8. Erta eksang, erta oʻrasan. Ushbu gap... A) bogʻlangan qoʻshma gap B) ergashgan qoʻshma gap C) bogʻlovchisiz qoʻshma gap D) egasi umumlashgan sodda gap 9. Berilgan soʻzlarning qaysi birida asos tarkibidagi unli tovushning tushib qolishi kuzatiladi? A) sovuqdan B) egning C) boʻyoq D) shovullamoq 10. Qaysi javobda lab undoshlari maʼno farqlash vazifasini bajargan? A) odob – odop B) tanbur - tambur C) boʻri - moʻri D) faxr – bahor 11. U kitobni ertalabgacha oʻqib chiqdi. Qaysi javobda ushbu gapdagi feʼlga toʻgʻri izoh berilgan? A) oʻtimisiz feʼl B) koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi C) qoʻshma feʼl D) oʻzlik nisbatidagi feʼl 12. Quyidagi gaplarning qaysi birida gumon yuklamasi ishtirok etgan? A) Na eshikni, na derazalarni ochib bo'lardi. B) Bekor yurmay deydi-da! C) G'afur aka bugun va'da qilgan she'rini yozayotgandir. D) Kimdir eshikni taqillatdi. Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 38 13. Yaxshining yaxshiligi har yerda tegar. Gapda otlashgan sifatning sintaktik vazifasini aniqlang. A) hol B) kesim C) aniqlovchi D) aniqlovchi, ega 14. Hayot achchiq bir dori... Ishq unga aralashtirilgan bir shakar! Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z(lar) qaysi gap bo‘laklariga tobelanib kelgan? A) kesim va sifatlovchi aniqlovchiga B) ega va vositali to‘ldiruvchiga C) ega va kesimga D) kesim va holga 15. Oʻrik raʼnoguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Bahorda gullaydi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq-sariq. Ushbu parchada qatnashgan yasama soʻzlar haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping. A) Feʼldan yasalgan sifat qatnashgan B) Sifatdan yasalgan feʼl qatnashgan C) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan D) Feʼldan yasalgan ot qatnashgan Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling