Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Majburiy fan. Ona tili. Variant-61


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy fan. Ona tili. Variant-61 
1. U ham har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni 
oʻynatardi. Ushbu gapda qatnashgan yasama soʻzlar haqidagi 
qaysi maʼlumot toʻgʻri? 
A) Otdan yasalgan feʼl qatnashgan 
B) Ravishdan yasalgan feʼl qatnashgan 
C) Feʼldan yasalgan ot qatnashgan 
D) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan 
2. Turli ma’noviy guruhga oid sifatlar bilan ifodalangan uyushiq 
aniqlovchilar qatnashgan egasi ma’lum gapni aniqlang. 
A) U menga oppoq va dumboq qo‘lchalarini cho‘zardi. 
B) Shahrimizga ko‘rk bag‘ishtab turgan baland, oppoq binolarni 
rosa maqtashdi. 
C) Tog‘ etaklaridagi nafis va xushbo‘y giyohlardan terib olish 
kerak. 
D) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib 
borardi. 
3. Qaysi qatordagi soʻzlarning uchalasi ham shakldoshiga ega?
A) mushak, kadr, chang 
B) karam, kuy, et 
C) davlat, oz, qil 
D) barchasi shakldosh 
4. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan ko‘rsatish olmoshi 
kelgan? 
A) Bu ham ijodkor samimiyatidan emas. 
B) Elchilarga mana shunaqa tafsilotlar tufayli shoh ham... 
C) Meni o‘stirib shoir qilgan Andino-u Marg‘ilonni... 
D) Ha mayli, mana buni akangga tezda olib bor... 
5. Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda ularning pok 
qoni bor. Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini hosil 
qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta? 
A) 8ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 
6. U – shu makonning epkini. Epkin nima? 
A) shabada B) nur C) suv D) yomg'ir 
7. Gap bo‘laklari joylashuvi quyida berilgan shartli belgilarga 
mos keladigan so‘roq gapni aniqlang.
hol / aniqlovchi / aniqlovchi / ega / hol / kesim. 
A) Bugun Sarvarlarning dala hovlisiga bordingmi? 
B) Ertadan maktabning kichik sport zalini qaytadan ta’mirlab 
boshlang. 
C) Qachon bizning a’lochi o‘quvchilar sahnaga chiqishadi? 
D) Tongda bulbularning yoqimli ovozi hamma yoqdan eshitiladi. 
8. Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda ularning pok 
qoni bor. Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini hosil 
qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta? 
A) 8ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 
9. Qismlari yasama so‘zlar bilan ifodalangan otli so‘z 
birikmalarni aniqlang. 
A) beg‘ubor bolalik, yashirin tuyg‘u 
B) jonkuyar o‘qituvchi, to‘g‘riso‘z bola 
C) do‘stlarcha suhbatlashmoq, yillab ishlamoq 
D) mehnatkash ishchi, sharaqlab kulmoq 
10. Quyidagi maʼnodosh soʻzlarning qaysi biri koʻproq jonli 
soʻzlashuvda qoʻllanadi? 
A) tayyor B) taxt C) hozir D) shay 
11. Mehmon kelsa eshikdan, Rizqi kirar teshikdan. Ushbu 
gapdagi kesimlarni aniqlang. 
A) eshikdan, teshikdan B) kelsa, teshikdan 
C) kelsa, kirar D) eshikdan, kirar 
12. Qaysi javobda so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) bahra, urchuq B) baxra, urchuq 
C) bahra, urchiq D) baxra, urchiq 
13. Eskirgan so‘zning hozirgi kundagi ma’nosi to‘g‘ri berilgan 
javobni toping. 
A) handasa — astronomiya B) meng — yuz 
C) dudoq — lab D) qozi — advokat 
14. Qaysi soʻz imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan? 
A) Stuarrdesa B) Styuardessa 
C) Styuardesa D) Stuardessa 
15. Ikki tomonlama bogʻlanish roʻy bergan birikmani toping. 
A) tezda kelmoq B) oʻz uyim 
C) choynakdan kattaroq D) diqqat bilan oʻqish 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling