Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Majburiy fan. Ona tili. Variant-62


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy fan. Ona tili. Variant-62 
1. Yoʻnalish maʼnosini bildiruvchi sof koʻmakchini toping. 
A) tomon B) qarab C) boʻylab D) sari 
2. Sovuqning shashti ham pasayib, quyosh yana nur sochdi. 
Berilgan gapda qaysi soʻz turkumiga oid til birliklari ishtirok 
etgan? 
A) feʼl, ot, sifat, ravish, yuklama 
B) feʼl, ot, sifat, yuklama 
C) feʼl, ot, ravish, yuklama 
D) feʼl, ot, sifat 
3. Ikkalamiz ham noxush koʻngilsizlik oldidan picha 
tinchlanishimiz kerak. Ushbu gapda ishtirok etmagan mustaqil 
soʻz turkumiga oid taʼrifni toping. 
A) barcha mustaqil soʻz turkumlaridan bu soʻz turkumiga oid 
soʻzlarni yasash mumkin. 
B) gapda asosan kesim vazifasida keladi. 
C) mustaqil atash maʼnosiga ega emas. 
D) ismlar guruhiga mansub emas. 
4. Til kishilarga oʻzligini anglash, tuygʻulari, istaklarini ifodalash 
va oʻzgalar bilan muomala qilish uchun berilgan. Mazkur 
gapdagi yasama soʻzlar sonini aniqlang. 
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 
5. Berilganlardan qaysi biri tub soʻz? 
A) sizlamoq B) qishlamoq 
C) ishqalamoq D) ayblamoq 
6. Quyidagi gaplarning qaysi birida jarangli undoshlardan tashkil 
topgan yopiq boʻgʻindan iborat soʻz yasovchi qoʻshimcha 
mavjud? 
A) Birlashgan daryo boʻlur. 
B) Doʻstlik barcha boylikdan afzal. 
C) Bogʻ jamoli bogʻbondan. 
D) Yurganning yoʻli oshar, oʻtirganning oʻyi. 
7. Yomg'irdan keyin paydo bo'ladigan kamalak, hamma ranglarni 
yettita ipga tortayotgandek ko'rindi. Ushbu gapda tarkibida bir 
ko'makchi morfema qo'llangan so'zlar soni nechta? 
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 


Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 
39 
8. Narsa-hodisa soʻrogʻi orqali ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Kechagi oʻyindan soʻng ishonchi yana ortdi. 
B) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? 
C) Nima ishlari bor ekan? - soʻradi Zulayho xola. 
D) Inson qanday kishini doʻst deb tanlashi lozim. 
9. Sariq rang ozodlikka va kuch-quvvatga intilish, ochiqlik, 
faollik, shuningdek, hayotga umidvorlik ramzidir. Ushbu gapda 
yasalish asosi yasama sifatga mansub bo‘lgan so‘z(lar) qanday 
sintaktik vazifa(lar)ni bajargan? 
A) ega, to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi 
C) kesim D) aniqlovchi 
10. Ko'l yoqasidan o‘tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob 
suviga qiy-chuvlashib cho‘milamiz. Ushbu gapda qaysi kelishik 
qo'shimchasi noto'g'ri ishlatilgan? 
A) o'rin-payt kelishigi 
B) jo'nalish kelishigi 
C) qaratqich kelishigi 
D) barcha qo'shimchalar to'g'ri ishlatilgan 
11. Fe’lning noaniq shakli berilgan qatorni toping. 
A) o‘qimoq B) ishlamoqda 
C) yozsa D) bilgan edi 
12. Tub otlar berilgan qatorni toping. 
A) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh 
B) qassob, zargarlik, quroldosh 
C) qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini 
D) g‘azalxonlar, ijodkorlik, qo‘lqop 
13. Qaysi javobda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori 
berilgan? 
A) hushomad, hovoncha, hokandoz 
B) hijil, xijjalamoq, xo‘randa 
C) ho‘randa, xijjalamoq, xufiyona 
D) xipcha, halizamon, xuruj 
14. Qaysi qatordagi gapda egalik qo‘shimchasi qo‘llangan? 
A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. 
B) Oradan ikki kun o‘tgandan keyin Tesha Saidiyning hujrasiga 
keldi. 
C) Tuni bilan mijja qoqmadi. 
D) Berilgan gaplarning barchasida egalik qo‘shimchasi mavjud. 
15. Birodarlik soʻzi tarkibida qanday undosh mavjud emas? 
A) til oldi undoshi 
B) til orqa undoshi 
C) til oʻrta undoshi 
D) lab undoshi 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling