Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Majburiy fan. Ona tili. Variant-57


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy fan. Ona tili. Variant-57 
1. ─ Ey birodarlar, temirchilik siridan ancha xabardorman, meni 
ham o‘zlaringga sherik qilib olsalaringiz.
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?
A) 8ta B) 6ta C) 7ta D) 5ta 
2. Bosh gapga deb so‘zi yordamida bog‘langan ergash gaplarda 
qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?
A) tire B) nuqtali vergul 
C) vergul D) ikki nuqta 
3. Berilgan gaplardan qaysi birida so`z yasovchi qo`shimchalar 
miqdori ko`proq?
A) Ha, bu yerlar chiroyli, hamma yoq daraxt, bo`tazor bo`lgani 
bilan sovuq. 
B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin 
gapirdi. 
C) Semizlikni qo`y ko`tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik 
yoqmas edi. 
D) Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lar chiroyli. 
4. Qaysi qatordagi so`z bo`g`inga to`g`ri ajratilgan?
A) di-ag-ram-ma B) fo-tog-ra-fi-ya 
C) e’l-on D) mo-no-gra-fi-ya 
5. Qaysi nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga 
aylantiradi?
A) majhul va o`zlik B) o`zlik va orttirma 
C) orttirma va aniq D) birgalik va majhul 
6. Qismlari kelishik qoʻshimchalari yordamida bogʻlangan feʼlli 
soʻz birikmalarini aniqlang. 
A) shaharga ketmoq, toʻyib ovqatlanmoq 
B) sheʼr yodlamoq, suv solmoq 
C) koʻrganidan quvonmoq, toʻsatdan gapirmoq 


Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 
36 
D) martabaga erishmoq, oʻqigani uchun 
7. Sovuqdan qulog'im, burnim qizarib ketdi. Ushbu gapdagi 
fonetik o'zgarishga uchragan so'zlar sonini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
8. Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu xoinlikning eng 
og‘ir gunoh sanalishini unutmang. 
Ushbu gapda tovush o‘zgarishi ro‘y bergan so‘z(lar)ning 
sintaktik vazifasini toping.
A) kesim B) to‘ldiruvchi va kesim
C) to`ldiruvchi D) hol 
9. Mashrab va bu shoirning asarlari bir-biriga hamohang edi.
Berilgan gapda tobe bog‘lanishlar miqdori nechta?
A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 
10. Adip so’zining ma’nosi … 
A) Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi
B) Tortmoq, olmoq
C) Mol-mulk 
D) To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – 
mag’iz 
11. O`zbеk tili qаysi tillаr оilаsigа mаnsub. 
А) Slаvyan tillаri
B) Hind-Еvrоpа tillаri
C) Sоmiy
D) Turkiy tillаr 
12. Bu asar yozilgan paytlarda xalqimiz tarixini to‘la va 
atroflicha o'rganish, o'tmishda o'tgan sarkardalar, amirlar va 
xonlar faoliyatiga xolis baho berish nihoyatda mushkul, xatarli 
ish edi.
Berilgan gapda qaysi bo’laklar uyushgan?
1) kesim; 2) ega; 3) hol; 4) to'ldiruvchi; 5) aniqlovchi 
A) 2, 4 B) 2, 3, 5
С) 1, 2, 3, 5 D) 1, 4, 5 
13. Qaysi gapdagi tushum kelishigini belgisiz qo’llab bo‘lmaydi? 
A) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong‘i tushguncha loyni 
tashishdi.
B) Saidiy o'zining ish bo'lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga 
o‘tirdi-da, kitobni o‘qiy boshladi.
C) Onam har gal gilamni qoqqanda qop-qora chang ko‘tariladi.
D) Tushuntirishning hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix, falsafa 
hamda mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot 
ko'rsatmoqda. 
14. -lar ko’plik qo’shimchasini olgan ,,bobomlar, akamlar, 
oyimlar’’ so’zlari qanday ma’noni ifodalaydi? 
A) ajratish-ta’kidlash B) his-hayajon
C) hurmat D) kuchaytirish 
15. Qaysi so‘zning ziddoshlaridan biri fe’lga -oq qo‘shimchasini 
qo‘shish orqali hosil qilingan? 
A) ilg‘or B) sayoz 
C) xushxat D) do’st 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling