Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-56
Download 1,37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-56
1. Quyida berilgan qaysi qo‘shma fe’llar vergul yordamida undalma va kesimga aylanishi mumkin? 1) Omon bo‘l; 2) Shukur qil; 3) qil Toshkent; 4) Sardor bo‘l; 5) Ibrat ol; A) 1.2.3.4.5 B) 2.5 C) 1.2.4.5 D) 1.4 2. Ot, olmosh, sifat, fe’l. Ushbu so‘z turkumlarining ishtirokiga ko‘ra to‘la mos kelmagan gapni aniqlang. A) Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi. (Murod Xidir) B) Dehqonlarimiz oq oltin yetishtirishning barcha sirlarini bilishadi. C) Ularning uzumzorlari keng, bepoyon, behisob: yaxshi-yaxshi hosil olishadi. (Isajon Sulton) D) Oʻlimdan ham juda yomon narsa axloqsizlik va xoinlik bilan nom chiqarishdir. (Xurshid Davron) 3. Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. (M. Yusuf) Mazkur gapda “qoshingga qo‘nib” birikmasida ma’no ko‘chishning qaysi turi kuzatiladi? A) Metonimiya B) O‘xshashlik C) Metafora D) Sinekdoxa 4. Qaysi gapda ko‘chma ma’nodagi undalma berilgan? A) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim. B) Salom senga, polosonlik Haydar kapitan. C) Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz. D) Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngil uyin. 5. Oqlamoq so‘zining asl ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq B) Do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq C) Ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq D) Daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq 6. Sovuq qish, sovuq odam kabi birikmalardagi sovuq so‘zi ma’nosiga ko‘ra qanday so‘z? A) Ma’nodosh so‘z B) Ko‘p ma’noli so‘z C) Shakldosh so‘z D) Zid ma’noli so‘z\ 7. 1. Po‘lat qilchingni ko‘rganman o‘tda. 2. Xalqlar birligi po‘latday qudratlidir. 3. Bizning po‘lat qudratimiz birligimizdadir. 4. Po‘lat otni o‘ynatib, traktorchi bo‘laman. Berilgan gaplarning qaysi birida po‘lat so‘zi ko‘chma ma’noda? A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 1, 2, 3 8. Men Farmonbibining xonadoniga radiodan keldim. Ma’no ko‘chish turini aniqlang. A) Metafora B) Metonimiya C) Sinekdoxa D) Vazifadoshlik 9. Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari, Ham mungli, ham shirin jildirashlari.... She’riy parchada ma’no ko‘chishning qaysi turi qo‘llangan? A) Metafora B) Sinekdoxa C) Metonimiya D) Vazifadoshlik 10. Qaysi qatorda gullar so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘ri berilgan? A) III shaxs, ko‘plikda B) Ot so‘z turkumiga tegishli C) O‘simlik ma’nosida D) Bosh kelishikda 11. O‘qib-o‘rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak sifatida bilmoq kerak. (Suqrot) Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllari necha o‘rinda qatnashgan? A) 4 B) 6 C) 5 D) 3 12. Sof fe’l va ba’zan ravishdosh bilan ifodalanadigan gap bo‘lagi nomi nima? A) kesim B) hol va kesim C) ega va kesim D) hol 13. Uchun, tomon, bilan, hamda, va, biroq, ichida, hamisha, ammo, ketmoq, yo…yo, chunki Bularning ichidan bog‘lovchilarni ko‘rsating. A) tomon, bilan, ammo, chunki B) bilan, hamda, biroq, ichida, ammo, yo…yo, chunki C) bilan, va, biroq, hamisha, ammo, ketmoq, chunki D) bilan, hamda, va, biroq, ammo, yo…yo, chunki 14. Opti, ko‘ynak, kepti, bo‘sa, na’lat so‘zlarining funksional bo‘yoq turini toping. A) salbiy B) betaraf C) so‘zlashuv D) sheva 15. Jo‘lqinboy, … Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisidir. Nuqtalar o‘rniga qaysi turdagi bog‘lovchi qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi? A) zidlov B) aniqlov C) biriktiruv D) sabab Download 1,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling