Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazmin
Majburiy fan. Ona tili. Variant-47
1. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Ey donishmand, ayting-chi, kishi uchun eng yaxshi narsa nima? B) Insonda yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham, go’zal bo’lishi kerak. C) Sharm-hayo – insonning eng ulug’ fazilati. D) “Alpomish” dostoni o’zbek xalq og’zaki ijodining betimsol namunasidir. Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 30 2. Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti B) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li C) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo D) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis 3. Qaysi javobdagi so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) tanaffus, halol B) milliyon, musoboqa C) suhbat, tamoyil D) inshoot, manba 4. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. B) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. C) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. D) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. 5. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Endi sizni o’z lavozimingizdan … jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. B) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos … oldik. C) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. D) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. 6. Vodiylarni yayov kezganda. Bir ajib his bor edi manda. Sheʼrda ravishning qaysi maʼno turi mavjud? A) payt B) holat C) sabab D) daraja-miqdor 7. Koʻp yaxshi oʻylabsiz, ammo zaif saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak. Gapda qanday soʻz turkumlari bor? A) sifat, ravish, feʼl, bogʻlovchi B) olmosh, ravish, feʼl, bogʻlovchi C) ot, ravish, feʼl, bogʻlovchi D) ot, ravish, feʼl, bogʻlovchi, sifat 8. Qaysi gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi qismi yasama fe’l emas? A) Bir mahal yo‘l kengayib ketdi. B) U bunga javoban yig‘lab yubordi. C) Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini yig‘ishtirib oldi. D) Birdan yuragi gursullab ketdi. 9. Chuqur til orqa jaranglisi qaysi so‘zda ishtirok etgan? A) qalam B) shaxmat C) ko‘ngil D) chorbog‘ 10. Qaysi javobda keltirilgan barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) tatqiqot, tatbiq, avf B) tatqiqot, tadbiq, avf C) tadqiqot, tadbiq, afv D) tadqiqot, tatbiq, afv 11. Hamma nopok, hamma egri, yolgʻiz siz toʻgʻri. Ushbu gapda ochiq boʻgʻinga oid soʻzlar necha marta qatnashgan? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 12. Unli va jarangli undoshlardan tarkib topgan soʻzni belgilang. A) vazifa B) zanjir C) daraxt D) behuzur 13. Quyidagi juftliklarning qaysi birida bir soʻz xato yozilgan? A) surʼat – surat B) qalʼa - qala C) taʼna – tana D) taʼqiq – taqiq 14. Qaysi soʻz boʻgʻinga notoʻgʻri ajratilgan? A) o - tan – giz B) sing – lim C) de - ra – za D) no - oʻ - rin 15. Yod - yot soʻzlari shakl va maʼno munosabatiga koʻra qanday soʻzlar hisoblanadi? A) shakldosh soʻzlar B) paronim soʻzlar C) antonim soʻzlar D) maʼnodosh soʻzlar Majburiy fan. Ona tili. Variant-48 1. Berilgan soʻzlardan qaysi biri shakldoshlik xususiyatiga ega? A) kitob B) qalam C) tovon D) deraza 2. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi feʼl ishtirok etgan? A) U yigʻilganlarni xonaga chaqirdi. B) Goʻroʻgʻli Dogʻistonda keng tarqalgan mashhur qahramon. C) Doʻstining daragini surishtirdi. D) U oshnasi ustidan ariza yozib, bir qilmishi uchun anchagina haq toʻlatdi. 3. Quyida berilgan gapdagi otli birikmalarning hokim qismi qaysi bo’lak bo’lib kelgan? Shahrimiz ko‘chalarini yangi, hashamatli binolar bezab turibdi. A) aniqlovchi, kesim B) hol to’ldiruvchi C) ega, aniqlovchi D) to’ldiruvchi, ega 4. Foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm ma’nosini anglatuvchi so‘zni aniqlang. A) bloger B) akkaunt C) avatarka D) dayjest 5. Handasa so'zining ma'nosi qaysi qatorda toʻgʻri berilgan? A) Geografiya B) Matematika C) Fizika D) Geometriya 6. Men uning sovuq qiliqlariga qarab turib, yoshlikdagi bir o‘rtog‘imni eslab ketdim. So'z yasovchi qoʻshimchalar soni nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 7. Berilgan qaysi qo'shma so'zlar bir xil so'z turkumiga mansub so'zlardan tarkib topgan xususiyat bildiruvchi sifatlar sanaladi? l) ommabop; 2) bag'ritosh; 3) havorang; 4) osmono'par; 5) sheryurak. A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 2, 5 D) 1, 2, 4 8. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Vatan muqaddas tushuncha sanaladi. B) Shunda uchala ayolning o'g'illari kelib qolishibdi. C) Bolalar atrofni to'yib-to'yib tamosha qilishdi. D) Endi uning qo'lidan osonlikcha qutulib bo'lmaydi. 9. 1) odatlanmoq; 2) o'tlamoq; 3) so'zlamoq; 4) kirlanmoq; 5) taqalamoq; 6) chiqillamoq. Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lmagan yasama so'zlarni aniqlang. A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 3 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 5 10. Qaysi qatorda vositasiz to`ldiruvchi bo`lib kelgan so`z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Kutubxonachi yangi kitoplardan gapira boshladi. B) Kechada o`tmish voqealarini ham eslab baxs qilishdi. C) Jonajon O`zbekistonimizni asrab avaylaylik! D) Siz ertaga mufassal xisobot topshirishingiz kerak. 11. Qaysi qatorda mantiq urg’usi “kutubxonaga” so’ziga tushgan? A) Kecha kutubxonaga nodir kitobni o’qish uchun do’stim bordi. B) Do’stim kutubxonaga nodir kitobni o’qish uchun kecha bordi. C) Do’stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o’qish uchun bordi. D) Do’stim nodir kitobni o’qish uchun kutubxonaga bordi. 12. ovqat, taom, ne’mat, tomoq, oziq. Berilgan so`zlardan qaysi biri badiiy uslubga xos? A) taom B) ovqat C) ne’mat D) tomoq 13. Qaysi qatorda bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo`llanadigan sof ko`makchilar berilgan? A) avval, so`ng, tomon B) sayin, kabi, sari C) bilan, uchun, so’ng D) kabi, singari, bo`ylab 14. Bu yerda overtaymlarsiz ish bitmadi. Ushbu gapda nutqning qaysi sifati buzilgan? A) nutq jo’yaliligi B) nutq sofligi C) nutq to’g’riligi D) nutq aniqligi 15. Qaysi gapda sof modal so`z ishtirok egan. A) Ehtimol, bu onasidan yagona esdalik. B) Shubhasiz, biz g`olib chiqamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling