Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-59
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-59
1. Istifodalanmoq soʻzining maʼnodoshini toping. A) afsuslanmoq B) foydalanmoq C) yangilanmoq D) nafaqa chiqmoq 2. Hozirgi o‘zbek tilidagi bekat so‘zi yevropa tillarida qay tarzda ishlatilmoqda? A) piket B) paket C) banket D) piknik 3. Qaddini ... tutmoq. Ushbu birikmadagi nuqtalar oʻrniga qaysi soʻzni qoʻyish mumkin? A) odil B) adl C) adil D) adl yoki odil 4. Oʻzi dumaloq, qor kabi oq. Ushbu gapda asosi shakldosh boʻlgan soʻzlar soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 5. Feʼlli soʻz birikmalari berilgan javobni aniqlang. A) terakzorga yaqinlashmoq, otilgan oʻq B) hayajonlanib gapirmoq, nigoh tashlamoq C) samimiy kulmoq, masalani muhokama qilmoq D) egilib salom bermoq, zehn solmoq 6. Otli soʻz birikmalari berilgan javobni aniqlang. A) sokin tun, daftarga yozmoq B) magʻrur yigit, doʻstlari bilan C) qadrdon doʻst, zehni oʻtkir D) har qanday asar, chiroyli ohang 7. Qismlari oʻzaro kelishik qoʻshimchasi bilan bogʻlangan feʼlli birikmalarni aniqlang. A) kelishiga qadar, hovliga joylashtirmoq B) koʻrganiga ishonmoq, joʻrttaga gapirmoq C) uycha yasamoq, taʼsirini sezmoq D) taklif bermoq, bexosdan kirib kelmoq 8. Qaysi javobda yuklamaning bir ma'no turi qo'llangan? A) U xuddi otasiga o'xshab gapiradi, hatto yuzi ham o'xshaydi. B) Bu holat bahorda ham bilinmaydi, faqat yozda bilinadi. C) Qarshiligi-ku shundoq ham ko'rinib turibdi! Axir sezmayapsizlarmi? D) Shu bugunoq borib hammasini aytib berishga ham tayyor edim. 9. Uchinchi ayolning oʻgʻli indamay kelib, onasining qoʻlidan paqirni olib, unga yordamlashdi. Ushbu gapda nechta aniqlovchili birikma mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 10. Olisroqda gulxan yoqdi. Ushbu gapning kesimi majhul nisbatdagi feʼlga aylantirilganda quyidagi qaysi holat kuzatilmaydi? A) oʻtimli feʼl oʻtimsiz feʼlga aylanadi B) ushbu gap egasi yashiringan gapga aylanadi C) feʼlda ifodalangan zamon maʼnosi oʻzgarmaydi D) ushbu gapning toʻldiruvchisi egaga aylanadi 11. Sen, bola, “slishkom” ko‘p gapirar ekansan. Mazkur gapda nutqning sofligiga putur yetkazuvchi qanday birlik qo‘llangan? A) vulgarizm B) parazit so‘z C) kanselyar so‘z D) varvarizm 12. Tarkibida 2 qoʻshimcha mavjud boʻlgan soʻzni toping. A) favquloddagi B) dehqonchasiga C) qarsildoq D) insonparvarlik 13. Subyektiv baho shakllari berilgan javobni toping. A) -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz B) -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy C) -ni, -ning, -ga, -da, -dan D) -di, -yap, -moqda 14. Oʻz qarashlarini internetdagi maʼlum bir platformada doimiy ravishda eʼlon qiladigan kishi... A) avatarka B) bloger C) akkaunt D) mem 15. Muayyan bankka qarashli avtomatik qurilma, bank mijozining naqd pul olishiga xizmat qiladi. Ushbu taʼrifga mos soʻzni toping. A) barter B) birja C) marketing D) bankomat Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling