Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Majburiy fan. Ona tili. Variant-60


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy fan. Ona tili. Variant-60 
1. Yuqumli kasallikning bir nechta mamlakat, qitʼada yoppasiga 
tarqalishi .... 
A) epidemiya B) bakteritsid C) azimut D) pandemiya 
2. Varvarizm berilgan qatorni aniqlang. 
A) limon, koʻkat B) gapni qiyvordi, ment 
C) karoche, davay D) maymun, danap 
3. Koʻz ilgʻamas iborasining maʼnosi nima?
A) mayda B) katta C) toza D) uzun 
4. Qaysi qatorda feʼlning harakat nomi qoʻshimchasi bilan 
shakldosh boʻlgan koʻmakchi morfema qatnashmagan? 
A) oʻqishdi B) borishdi 
C) hazillashdi D) kulishdi 
5. Qismlari kelishik va koʻmakchilarsiz bogʻlangan feʼlli soʻz 
birikmalarini aniqlang. 
A) oz bermoq, koʻrgani bormoq 
B) yiqila yozmoq, ruxsat soʻramoq 
C) kirib chiqmoq, nazarga tushmoq 
D) eski boʻlmoq, daraxt ekmoq 
6. Qaysi javobda ot+ot tipidagi qoʻshma sifat aniqlovchi 
vazifasida kelgan gap berilgan? 
A) Asalarining uyasi inson qoʻli yetmaydigan joylarda boʻladi. 
B) Toshbagʻirlarda ham nomus bor, ular or-nomusini har 
narsadan ustun qoʻyishadi. 
C) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 
D) Hulkar binafsharang koʻylagini kiysa, yanada chiroyli boʻlib 
ketardi. 
7. U ham har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni 
oʻynatardi. Ushbu gapda qatnashgan yasama soʻzlar haqidagi 
qaysi maʼlumot toʻgʻri?
A) Otdan yasalgan feʼl qatnashgan. 
B) Ravishdan yasalgan sifat qatnashgan 
C) Feʼldan yasalgan ot qatnashgan 
D) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan 
8. Erta eksang, erta oʻrasan. Ushbu gap... 
A) bogʻlangan qoʻshma gap 
B) ergashgan qoʻshma gap 
C) bogʻlovchisiz qoʻshma gap 
D) egasi umumlashgan sodda gap 
9. Berilgan soʻzlarning qaysi birida asos tarkibidagi unli 
tovushning tushib qolishi kuzatiladi? 
A) sovuqdan B) egning 
C) boʻyoq D) shovullamoq 
10. Qaysi javobda lab undoshlari maʼno farqlash vazifasini 
bajargan? 
A) odob – odop B) tanbur - tambur 
C) boʻri - moʻri D) faxr – bahor 
11. U kitobni ertalabgacha oʻqib chiqdi. Qaysi javobda ushbu 
gapdagi feʼlga toʻgʻri izoh berilgan? 
A) oʻtimisiz feʼl 
B) koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmasi 
C) qoʻshma feʼl 
D) oʻzlik nisbatidagi feʼl 
12. Quyidagi gaplarning qaysi birida gumon yuklamasi ishtirok 
etgan? 
A) Na eshikni, na derazalarni ochib bo'lardi. 
B) Bekor yurmay deydi-da! 
C) G'afur aka bugun va'da qilgan she'rini yozayotgandir. 
D) Kimdir eshikni taqillatdi. 


Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 
38 
13. Yaxshining yaxshiligi har yerda tegar. Gapda otlashgan 
sifatning sintaktik vazifasini aniqlang. 
A) hol B) kesim 
C) aniqlovchi D) aniqlovchi, ega 
14. Hayot achchiq bir dori... Ishq unga aralashtirilgan bir shakar! 
Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z(lar) qaysi gap 
bo‘laklariga tobelanib kelgan? 
A) kesim va sifatlovchi aniqlovchiga 
B) ega va vositali to‘ldiruvchiga 
C) ega va kesimga 
D) kesim va holga 
15. Oʻrik raʼnoguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. 
Bahorda gullaydi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq-sariq. 
Ushbu parchada qatnashgan yasama soʻzlar haqidagi toʻgʻri 
maʼlumotni toping. 
A) Feʼldan yasalgan sifat qatnashgan 
B) Sifatdan yasalgan feʼl qatnashgan 
C) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan 
D) Feʼldan yasalgan ot qatnashgan 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling