Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-62
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-62
1. Yoʻnalish maʼnosini bildiruvchi sof koʻmakchini toping. A) tomon B) qarab C) boʻylab D) sari 2. Sovuqning shashti ham pasayib, quyosh yana nur sochdi. Berilgan gapda qaysi soʻz turkumiga oid til birliklari ishtirok etgan? A) feʼl, ot, sifat, ravish, yuklama B) feʼl, ot, sifat, yuklama C) feʼl, ot, ravish, yuklama D) feʼl, ot, sifat 3. Ikkalamiz ham noxush koʻngilsizlik oldidan picha tinchlanishimiz kerak. Ushbu gapda ishtirok etmagan mustaqil soʻz turkumiga oid taʼrifni toping. A) barcha mustaqil soʻz turkumlaridan bu soʻz turkumiga oid soʻzlarni yasash mumkin. B) gapda asosan kesim vazifasida keladi. C) mustaqil atash maʼnosiga ega emas. D) ismlar guruhiga mansub emas. 4. Til kishilarga oʻzligini anglash, tuygʻulari, istaklarini ifodalash va oʻzgalar bilan muomala qilish uchun berilgan. Mazkur gapdagi yasama soʻzlar sonini aniqlang. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 5. Berilganlardan qaysi biri tub soʻz? A) sizlamoq B) qishlamoq C) ishqalamoq D) ayblamoq 6. Quyidagi gaplarning qaysi birida jarangli undoshlardan tashkil topgan yopiq boʻgʻindan iborat soʻz yasovchi qoʻshimcha mavjud? A) Birlashgan daryo boʻlur. B) Doʻstlik barcha boylikdan afzal. C) Bogʻ jamoli bogʻbondan. D) Yurganning yoʻli oshar, oʻtirganning oʻyi. 7. Yomg'irdan keyin paydo bo'ladigan kamalak, hamma ranglarni yettita ipga tortayotgandek ko'rindi. Ushbu gapda tarkibida bir ko'makchi morfema qo'llangan so'zlar soni nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 39 8. Narsa-hodisa soʻrogʻi orqali ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Kechagi oʻyindan soʻng ishonchi yana ortdi. B) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? C) Nima ishlari bor ekan? - soʻradi Zulayho xola. D) Inson qanday kishini doʻst deb tanlashi lozim. 9. Sariq rang ozodlikka va kuch-quvvatga intilish, ochiqlik, faollik, shuningdek, hayotga umidvorlik ramzidir. Ushbu gapda yasalish asosi yasama sifatga mansub bo‘lgan so‘z(lar) qanday sintaktik vazifa(lar)ni bajargan? A) ega, to‘ldiruvchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi C) kesim D) aniqlovchi 10. Ko'l yoqasidan o‘tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga qiy-chuvlashib cho‘milamiz. Ushbu gapda qaysi kelishik qo'shimchasi noto'g'ri ishlatilgan? A) o'rin-payt kelishigi B) jo'nalish kelishigi C) qaratqich kelishigi D) barcha qo'shimchalar to'g'ri ishlatilgan 11. Fe’lning noaniq shakli berilgan qatorni toping. A) o‘qimoq B) ishlamoqda C) yozsa D) bilgan edi 12. Tub otlar berilgan qatorni toping. A) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh B) qassob, zargarlik, quroldosh C) qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini D) g‘azalxonlar, ijodkorlik, qo‘lqop 13. Qaysi javobda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori berilgan? A) hushomad, hovoncha, hokandoz B) hijil, xijjalamoq, xo‘randa C) ho‘randa, xijjalamoq, xufiyona D) xipcha, halizamon, xuruj 14. Qaysi qatordagi gapda egalik qo‘shimchasi qo‘llangan? A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. B) Oradan ikki kun o‘tgandan keyin Tesha Saidiyning hujrasiga keldi. C) Tuni bilan mijja qoqmadi. D) Berilgan gaplarning barchasida egalik qo‘shimchasi mavjud. 15. Birodarlik soʻzi tarkibida qanday undosh mavjud emas? A) til oldi undoshi B) til orqa undoshi C) til oʻrta undoshi D) lab undoshi Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling