Microsoft Word maq alizoda ziyouz com doc


Mashhurlikdan noma'lumlikka, so‘ng yana mashhurlikka


Download 84.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana15.02.2023
Hajmi84.99 Kb.
#1200378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Saydi Umirov. Said Rizo Alizoda - samarqandlik mutafakkir

Mashhurlikdan noma'lumlikka, so‘ng yana mashhurlikka... 
Saidrizo Alizodaning hoki "Panjob" qabristoniga dafn etilgani, u yashagan uy muzey qilingani, 
bronza byusti o‘rnatilgani, tavalludining 105,115 yilliklari tantanali nishonlangani, G‘aybulloh as-
Salom, F.Alizoda, S.Xa-yitov, S.Sokolov, Sh.Mikaelov, S.Hojieva, S.Umirov, F.Toshev, A.Neverov, 
U.Qodir, M.Muqimov va boshqalarning maqolalari e'lon qilingani, xorijda asarlarining yangi nashri 
tayyorlanayotganidan o‘quvchilar xabardor, albatta. Farhod Alizodaning maqsad yo‘lidagi 
sobitqadamligi, g‘ayratliligi, tashabbuskorligi, yangi-yangi g‘oyalarga boyligi havas qilgulik, ibrat 
olgulik. Mana, yetti yildirki, Farhod Alizoda Moskvaning Ximkidagi hujjatgohida, Sankt-Peterburgdagi 
Saltikov-Shchedrin kutubxonasida bobosining merosini, o‘zbekistonlik jurnalist, yozuvchilarning o‘tgan 
asrning birinchi yarmida nashr etilgan qo‘lyozmalarini sinchiklab o‘rganish bilan band. 2004 yilda 
Pokiston prezidenti Parviz Musharrafga xat yozib, ijozatini olib, Moskva televideniesining 


Said Rizo Alizoda – samarqandlik mutafakkir 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
7
"Musulmonlar" ko‘rsatuvining muharriri va operatori bilan Islomobodga, Lohurga boradi. Lohurdagi 
"Panjob" kutubxonasi bosh direktori Aksar Husayn Giloniy bobosining o‘tgan asrning yigirmanchi 
yillarida nashr etilgan bir necha kitobini topshiradi, Farhod aka ushbu va yana ko‘p kitoblarni yurtiga
uy-muzeyiga olib keladi, bularning bari tasvirga tushirilib, Pokiston televidenie-sida, keyin Moskva 
televideniesida ko‘rsatiladi; 2006 yil dunyo eroniylar kongresida S.Alizoda ijodi haqida ma'ruzalar 
qiladi, unga faxriy doktorlik unvoni beriladi. Rossiya kosmonavtikasi muzeylari assotsiatsiyasi 
(AMKOS) mutafakkirning Siolkovskiy bilan deyarli bir vaqtda yozgan "Fazo ilmi" kitobini yuqori 
baholab, S.Alizoda uy-muzeyini muzeylar assotsiatsiyasiga a'zo qilib oladi, 2004 yil 26 aprelda 
kosmonavt uchuvchi AMKOS prezidenti R.Popovich imzo chekkan 75-son guvohnoma buniing dalili. 
Farhod Alizoda bilan Toshkentda G‘aybulloh as-Salomning va bizning xonadonda, Samarqandda, 
Chelakda suhbatlar qurganmiz, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetida ikki marta uchrashuv 
o‘tkazganmiz, har safar u kishidan mashhur bobosi haqidagi yangi, maroqli ma'lumotlar eshitamiz, 
gurunglarini qumsaymiz. 
Noxush voqeaning noxush yodi: 1937 yil dekabrida Samarqand davlat universitetida arab tilidan 
dars berib uyiga qaytgan Saidrizo Alizodani NKVD xodimlari kelib, qo‘liga kishan solib olib ketadilar... 
Xush voqeani xush eslab. 2002 yil 26 fevralda Samarqand davlat universitetining odam liq to‘la 
majlislar zali. Sahna. Saidrizo Alizodaning ko‘rkam, nurli siymosi ko‘rinishi bilan qizg‘in olqishlar 
yangradi. Mutafakkir barchaga boqib: "Assalom, biz orziqib kutgan istiqlol, assalom istiqbol, aziz 
insonlar, yor-birodarlarim, hamkasblarim, yosh do‘stlarim, mana men sizning huzuringizga qaytdim
endi doimo siz bilan birgaman", - deyayotganday edi. 

Download 84.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling