Microsoft Word matematik modellashtirish
Download 59.76 Kb.
|
Doston
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar FANIDAN MUSTAQIL ISH GURUH: 41 - 20KT BAJARDI: Qaydinov Doston TEKSHIRDI: _______________________ MAVZU: Elektrostatik kuchlari ta’sirida cho‘ktirish Reja:
Elektrostatik kuchlar ta’sirida gazlarni tozalash elektr razryadi yordamida gaz molekulalarining ionizatsiya qilinishiga asoslangan. Agar yuqori kuchlanishli o`zgarmas tokka ulangan ikki elektrod orasida hosil bo`lgan elektr maydoniga gaz yuborilsa uning molekulalari ionizatsiyaga uchraydi, ya`ni musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi. Natijada ular kuch chiziqlar yo`nalishida harakat qila boshlaydi. Zaryadlangan zarracha tezligining vektor yo`nalishi, uning musbat yoki manfiyligiga bog’liq bo`lsa, harakat tezligi elektr maydoni kuchlanganligi bilan belgilanadi. Agar elektr maydon kuchlanganligini 10000 V dan oshirsak, ion va elektronlar kinetik energiyasi shunchalik kattalashadiki, harakat yo`lida uchragan gazning barcha neytral molekulalarini musbat ion va erkin elektronlarga parchalaydi. Yangidan hosil bo`lgan zaryadlar ham o`z harakat yo`nalishida gazlarni ionizatsiyaga duchor qiladi. Natijada to`xtovsiz ravishda ion hosil bo`ladi va hamma gaz ionizatsiyalanadi. Bunday jarayon zarbali ionizatsiya deb nomlanadi. Gaz to`liq ionizatsiyaga uchraganda, elektrodlar orasida elektr razryadi paydo bo`lishi uchun sharoitlar yaratiladi. Agar, elektr maydon kuchlanganligi yanada oshirilsa, uchqun sakrab o`tishi, keyin esa elektr o`tishi va elektrodlar qisqa tutashuvi bo`lishi mumkin. Bunday hodisalar oldini olish uchun turli jinsli elektr maydoni hosil qilinadi. Buning uchun truba o`qidan yoki ikki parallel plastinalar orasida tortilgan ingichka simlar ko`rinishida elektrod yasaladi. Sim oldida elektr maydon kuchlanganligi juda yuqori bo`lib, truba yoki plastina tomonga yaqinlashgan sari kamayib boradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, truba yoki plastina oldidagi maydon kuchlanganligi shundayki, uchqun va elektr o`tish hodisalari ro`y bermaydi. 2.Nurlanuvchi va cho`ktiruvchi elektrodlar To`liq ionizatsiyaga oid maydon kuchlanganligida elektrodlar orasida "tojli" razryad hosil bo`ladi. Bunda butunlay ionizatsiyaga uchragan gaz qatlami cho`g’lanib, nur va charsillagan ovoz chiqaradi. "Toj" hosil qiladigan elektrod nurlanuvchi elektrod deb nomlanadi. Truba yoki plastina ko`rinishidagi qarama - qarshi zaryadlangan elektrod - cho`ktiruvchi elektrod deb ataladi. Nurlanuvchi elektrod manfiy, cho`ktiruvchi esa - musbat qutbga ulanadi. Bunday holatlarda elektrodlarga juda yuqori kuchlanish berish mumkin. "Toj" hosil bo`lishi bilan ikkala ishorali ion va erkin elektronlar paydo bo`ladi Elektr maydon kuchlanganligi ta`sirida ionlar nurlanuvchi elektrod tomon harakat qiladi va unda neytrallanadi. Manfiy ion va erkin elektronlar cho`ktiruvchi elektrod tomon harakatlanadi. Yo`l-yo`lakay chang va tomchilar bilan to`qnashib, ularga o`z zaryadini o`tkazadi va cho`ktiruvchi elektrod tomon olib ketadi. Natijada chang yoki tuman zarrachalari shu elektrodda cho`kadi. Gazdagi chang zarrachalarining asosiy qismi manfiy zaryadlanadi, chunki musbat ionlarga qaraganda harakatchan manfiy elektron va ionlar cho`ktiruvchi elektrodga etguncha katta masofani bosib o`tadi. Shuning uchun ham, gazdagi zarrachalar bilan ularning to`qnashish ehtimoli katta. Faqat nurlanuvchi elektrod atrofidagi musbat zaryadlangan ionlar bilan to`qnashganda, chang yoki tuman zarrachalarining kichik bir kismi nurlanuvchi elektrodda cho`kadi. Manfiy zaryadlangan ionlar, chang yoki tuman zarrachalari cho`ktiruvchi elektrodga etganda, unga o`z zaryadini beradi va og’irlik kuchi ta’sirida cho`kadi. Bunday cho`ktirish jarayoni elektrofiltrlarda olib boriladi. Elektrodlarga o`tirib qolgan chang zarrachalarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida, vaqti-vaqti bilan elektrodlarga o`tirib qolgan zarrachalar silkitib tushiriladi yoki elektrofiltrga kiritilishdan avval changli gaz namlanadi (o`tkazuvchanligini oshirish uchun). Lekin gazning temperaturasi shudring nuqtasidan pasayib ketishi mumkin emas. Changli gazlar tarkibidagi qattiq zarrachalarni elektr maydoni ta’sirida tozalash, boshqa usullarga qaraganda ko`pgina afzalliklarga ega. Cho`ktirish qurilmalarida, ya’ni siklon, engli filtr, skrubberlarda og`irlik va markazdan qochma kuch ta’sirida mayda zarrachalarni ajratib bo`lmaydi. 3.Elektrfiltrlar konstruksiyasi Turli jinsli gaz aralashmalarini elektr maydon ta’sirida ajratish elektrofiltrda amalga oshiriladi. Chang va tutunlarni tozalash uchun quruq, tumanlarni tozalash uchun esa - ho`l elektrofiltrlar qo`llaniladi. Oddiy elektrofiltr - ikkita elektroddan iborat bo`lib, bittasi - anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa - katod - sim ko`rinishida tayyorlanadi. Katod - sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar har doim yerga ulanadi. Elektrodlar o`zgarmas tok manbasiga ulanganda 4-6 kV/sm ga teng potentsiallar farqi hosil bo`ladi. Bu qiymat katodning 1 m uzunligida 0,05-0,5 mA tok zichligini ta`minlaydi. Gazli aralashma trubali elektrod ichiga yoki plastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potentsiallar farqi va elektr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab harakatlangan elektronlar oqimi hosil bo`ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to`qnashuvi tufayli gaz ionizatsiyaga uchraydi. Ionizatsiya o`z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajralishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikada anod tomon harakat qiladi. Odatda, chang va tuman zarrachalari anodga cho`kadi va uni cho`kma qatlami bilan qoplaydi. Elektr maydoni ta`sirida cho`ktirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o`nlab santimetrgacha oraliqda bo`ladi. Cho`ktirish tezligi zarracha o`lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog’liq. Elektr maydonida zarrachalarning cho`kish tezligini aniqlash uchun jarayon laminar rejimda amalga oshadi deb qabul qilamiz. Elektr maydoni zaryadlangan zarrachaga F = pe0 Ex kuch bilan ta’sir etadi, bu yerda p - zarracha olgan zaryad; e0 - elementar zaryad kattaligi; Ex - katod o`qidan x masofadagi elektr maydon potentsiali gradiyenti. Gorizontal elektrofiltr konstruktsiyasi ko`rsatilgan. Bu elektrfiltrlar asosan chang holatdagi katalizatorlar ishlatiladigan katalitik krekinglash qurilmasida katalizator changini tozalashga va uglerodli gaz aralashmasidan 100-2500C temperaturada texnik uglerodni ajratishga mo`ljallangan. Elektrfiltr metall korpus 5 dan va unda joylashgan gaz taqsimlovchi panjaralar 2 dan iborat. Bu panjaralar gazni qurilma kesimi bo`yicha bir xilda taqsimlanishini ta`minlaydi. Elektrofiltrning faol zonasi plastinali cho`ktirish elektrodlaridan iborat. Bu plastinali elektrodlarning har biri rama 9 ga osilgan va yuk yordamida rama 13 bilan tortilgan nurlanuvchi elektrod 10 va alohida simlar o`ramidan tuzilgan. Cho`ktirish elektrodlari orasidagi masofa – 300 mm. Ushlab qolingan zarrachalarni nurlanuvchi va cho`ktirish elektrodlaridan olib tashlash uchun silkituvchi mexanizmlar 8 va 12 dan foydaniladi. Bunkerda ushlab qolingan zarrachalarni aralashtirish mexanizmi texnik uglerodni ushlash uchun ishlatiladi. Katalitik changni ushlab qolish uchun bu mexanizm ishlatilmaydi. Har bir maydon ustiga ehtiyot klapanlar 1 joylashtirilgan va izolyatsiya qutisida chang o`tirib qolmasligi uchun izolyatorlarni shamollatish sistemasi 6 ko`zda tutilgan. Elektr cho`ktirish apparatlarining foydali ish koeffitsiyenti 90...99% ga va gidravlik qarshiligi juda kam bo`lib, 10-15 mm suv ustuniga teng. Shuning uchun elektr cho`ktirish apparatlari eng yuqori samarali apparat hisoblanadi va katta hajmdagi changli gazlarni ajratish uchun qo`llaniladi. Bunda 1000 m3 changli gazni tozalash uchun juda kam elektrenergiyasi sarflanib, uning miqdori 0,8 V ga teng. Download 59.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling