Microsoft Word Mehmonxona biznesida narxlarni belgilash hususiyatlari va uni takomillashtirish yoâ•Ÿllari
Samarqand viloyatida taklif etilayotgan turlarning SWOT tahlili*
Download 282.14 Kb.
|
Mehmonxonalarda narx va narx siyosati kurs ishi FDU ZDS COMP
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imkoniyatlar Havf-xatarlar
Samarqand viloyatida taklif etilayotgan turlarning SWOT tahlili*
*muallif tomonidan tayyorlangan. Turistik takliflarni shakllanishida quyidagi tendensiya va qonuniyatlar aniqlandi: Turoperatorlar bozorida diversifikatsion jarayonlarning kengayishi kuzatilayapti, ko‘pchilik turistik tashkilotlar (30.4%) chet elllik hamdsa mahalliy turistlarni qabul qilish bilan shug‘ullanmoqda. Samarqand uchun ishlab chiqilgan turistik mahsulotlar tor is’te’molchilar segmentiga mo‘ljallanganligi bilan harakterli, narxlar yuqori: turlar sifatining narxiga mos kelmasligi; turistik mahsulot assortimentining kamligi; Ichki hududiy turistik mahsulotlar kompleksining mavjud emasligi, mahalliy va chet el bozor qatnashchilariga hudud turistik imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarning yetarli emasligi, transport harajatlarining yuqori ekanligi, asosiy turistik mahsulot iste’molchilariga transportning qiyinligi. Yuqorida ko‘rsatilganlarni umumlashtirib quyidagilarni aytib o‘tish mumkin, kiruvchi hamda ichki turizm kvalifikatsiyasini hisobga olib boshqaruv tizimining strategiyasini va faoliyat doirasi sxemasini ishlab chiqish mumkin. Bizning fikrimizcha turoperatorlar samarali faoliyat olib borishlari uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim: turistik faoliyatda qatnashuvchi xodimlarni maxsus sifatli tayyorgarlikdan o‘tkazish; turistik xizmatlarning nomenklaturasini ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash; xizmatlarga bo‘lgan talabni kuchaytirish; narx-sifat munosabatlarini qattiq nazorat ostiga olish; talab va taklifni bir xilda ushlab turish; yangi turistik mahsulotlarni ajratish va ishlab chiqish; ekologik, qo‘msash turizmi munosabatlarini bir tartibga solish. O‘tkazilgan anketa so‘rovnomalari natijasiga ko‘ra turistlarni birinchi o‘rinda turlarning narxi, keyin vaqt, borish joyi, yashash sharoiti, tabiiy-iqlimiy holati qiziqtiradi (1-ilova). Turistik mahsulot harajatlarining katta qismini aviachiptalar tashkil qiladi. Turistlar harajatlarining deyarli 70%i transport va mehmonxona harajatlariga tog‘ri keladi. Harajatlarning 1/3 qismini qolgan harajatlar tashkil qiladi. Oxirgi yillarda aviakompaniyaning monopolligi, yoqilg‘i narxining oshishi turmahsulot narxining oshishiga sabab bo‘lib, uzoq mamlakatlardan keladigan turistik oqimlarning kamayishiga olib kelmoqda. Bu masalaning birdan-bir yechimi shundan iboratki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga raqobatchilikni rivojlantirish, boshqa aviakompaniyalar bilan xo‘jalik shartnomalarini imzolash lozim. 2.2-rasmda bir qator davlatlarda deyarli bir xil turlar narxining diapozoni ko‘rsatiladi. Download 282.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling