Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari
Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish
Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir. Shunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo’linadi:
Boshqarishning bu turlaridan har biri, o’z navbatida, bir necha xillarga bo’linadi. Masalan, jonli tabiatni boshqarish:
jamiyatni boshqarish;
jamoat tashkilotlarini boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
xodimlarni boshqarish kabilarga bo’linadi.
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob'ekti zaruriy unsuridir. Binobarin, har qanday nisbatan katta miqyosda amalga
oshiriladigan bevosita ijtiomiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma'lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o’rtasida uyg’unlik o’rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan funktsiyalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |