Microsoft Word menejment va marketing asoslari
Download 1.44 Mb.
|
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma
Ilmiy-texnikaviy muhit bevosita ilmiy texnika taraqqiyoti (ITT) ta'sirida shakllanadi va shuning uchun talab va uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilaydigan eng muhim omil bo’lib hisoblanadi. Boshqa tomondan esa ITT ta'siri marketing muhitining boshqa sohalari, jumladan, demografik, siyosiy va hokazolar ta'siridan kuchli bo’ladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ITTni belgilaydigan sohalarga asosiy e'tibor beriladi, jumladan:
informatika va hisoblash texnikasi; ko’p marta ishlatiladigan fazoviy texnika; biotexnologiya; qattiq jismli elektronika; robototexnika; materialshunoslik; noan'anaviy energiya manbalari bilan ishlash texnologiyasi; ekologiya; tug’ilishni tartibga solishning samarali usullari va hokazo. ITT, madaniy va etnik muhitning muammolari bir-birining ichiga singib ketgan va yangi muammolarni vujudga keltiradi. Ular o’z navbatida jamoatchilik e'tiborining yangi ob'ektlariga aylanadi, talabni tartibga soladi. O’zbekistonning yaqin yillardagi rivojlanish xususiyatlari o’tish davri bilan, ya'ni tizimli o’zgarishlar davri bilan bog’liq (ma'naviyaxloqiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalarda). Iqtisodiy jihatdan, xususan, quyidagicha o’zgarishlar qilinishi zarur: Ijtimoiy-madaniy, ma'naviy-axloqiy muhit ancha murakkab hodisa bo’lsa ham, ko’p jihatdan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining omili bo’lib hisoblanadi. O’zbekistondagi madaniy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari fuqarolar, hokimiyat tuzilmalarining umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlari va demokratiyani o’zlashtirishlari bilan belgilanadi. Bu yo’nalishlar oxirgi yillarda jadal ravishda Sharq va islom falsafasi va madaniyati, aholining yashash tarzi va mentalitetining an'anaviy qadriyatlari bilan o’zaro aloqada bo’lmoqda. Milliy o’z-o’zini anglash, ma'naviyat va madaniyatning tiklanishi, aholining tobora keng qatlamlari tomonidan qabul qilinayotgan tarzda, o’zini etnik ideallashtirish va yakkalanishni bildirmaydi. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning progressiv andozalariga etishishga yo’naltirilganlik tobora barqarorlashmoqda. Jahonning madaniy, axborot va demokratik makoniga qo’shilish ehtiyoji, shuningdek, g’arb va Sharq tsivilizatsiyalarining uyg’unlashuvi, ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning mutloq ko’pchiligiga yoyilmoqda. Hamma darajalarda - shaxs, oila, qo’shnichilik jamoasi - mahalla, shahar va qishloq, ijtimoiy va milliy guruhlar va umuman, jamiyat miqyosida madaniyatning ustuvor ahamiyatini anglash o’sib bormoqda. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotining qaror topishi - bu korxona va firmalarning ichki va tashqi muhitlari o’rtasida muayyan muvofiqlikni yoki bog’lanishni ta'minlashdir. Marketing tizimi bu bog’liqlikni o’rnatishi kerak. Bir tomondan, tashqi muhitning boshqariladigan omillari (iste'molchilar, ta'minotchilar, vositachilar, raqobatchilar)ga ta'sir etish orqali, ikkinchi tomondan esa ichki muhitni takomillashtirish (boshqarish va ishlab chiqarish tizimi, marketing-miks elementlari: narx, tovar, siljitish, taqsimlash). Biroq tashqi muhitning iqtisodiy, demografik, ilmiy-texnika va siyosiy, huquqiy atrof-muhit kabi tarkibiy qismlari korxona tomonidan deyarli boshqarib bo’lmaydigan omillarga kiradi. Bunda ichki va tashqi muhitlarning ancha darajada nomuvofiqligi korxonani bankrotlikka olib keladi va hamma vaqt ham uning marketing faoliyatini takomillashtirish orqali tuzatilmaydi. Bozor munosabatlarining muvaffaqiyatli qaror topishi uchun tashqi muhit ichki muhitga qaraganda tezroq rivojlanishi kerak. Bu esa davlatning iqtisodiy va huquqiy sohalardagi samarali siyosatidan kelib chiqadi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling