Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Bozor konyunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar


Download 1.44 Mb.
bet203/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Bozor konyunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar


Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.

Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi.

Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi:



  1. odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;

  2. bozordagi omillar kompleks ravishda ta'sir o’tkazishi sababli ularni alohida o’rganish tegishli samara bermaydi;

  3. bozor to’g’risidagi ma'lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.

Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling