Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Download 1.44 Mb.
bet214/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Psixologik omillar. Psixologik omillar tarkibiga tovar sotib olishni asoslash, qabul qilish, o’zlashtirish, ishontirish va munosabat kiradi. Bu omillar iste'molchining

xulq atvoriga katta ta'sir ko’rsatadi. Asoslash - shunday zaruriyatki, natijada inson zaruriyatni qondirish yo’llarini va uslublarini izlaydi. Insonlar turli ehtiyoj va xohishga ega. Agar xohish etarli darajada kuchli bo’lsa, inson ma'lum harakatni amalga oshiradi, ya'ni xarid qiladi.

Inson o’z xohishini asoslagandan so’ngra, u harakatni amalga oshirishi mumkin. Lekin, uning harakatining xarakteri mazkur holatni qanday qabul qilishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Masalan, ikki xil xaridor mavjud ob'ektiv holatni ikki xil baholashi natijasida bir-biriga o’xshamagan ikki xil harakatni amalga oshirishi mumkin.



O’zlashtirish - bu shaxsning ko’p vaqtlar davomida yig’ilgan tajribalari asosida xulq-atvorida bo’ladigan o’zgarishlardir.

Iste'molchilarning xulq-atvoriga ishonganlik, ya'ni ma'lum darajada tovar haqida tasavvurga ega bo’lish ham ta'sir ko’satadi. Ishonchlilik aniq bilimga, fikrga, e'tiqodga asoslanadi. Shu sababli marketologlarning iste'molchilarning sotilayotgan tovar haqida qanday tasavvurga ega ekanligini bilishlari ham foydadan xoli emas. Ma'lumki, ishonmaslik ma'lum tovarni xarid qilishda to’sqinlikni vujudga keltiradi.

Insonlarning kiyim-kechakka, oziq-ovqat mahsulotlariga, musiqaga, siyosatga, dinga va boshqa ko’pgina narsalarga ma'lum bir munosabati shakllanadi.

Munosabat - bu ma'lum bir predmet va g’oyalarga nisbatan turg’un holdagi yaxshi va yomon baho, fikr, his-tuyg’ularning shakllanishi bo’lib, u xaridorlarning xulq atvoriga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Munosabatni o’zgartirish qiyin, lekin marketing siyosatini shakllantirishda bu munosabatni ma'lum bir munosabatga maksimal darajada moslashtirib hisobga olish talab etiladi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling