Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |