Bozor konyunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar
Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi.
Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi.
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;
bozordagi omillar kompleks ravishda ta'sir o’tkazishi sababli ularni alohida o’rganish tegishli samara bermaydi;
bozor to’g’risidagi ma'lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |