Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Download 1.44 Mb.
bet64/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug’ullanadi, xo’jalik yuritishning yangi shakllariga o’tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o’xshash faoliyat turlariga ko’maklashadi.

  • Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo’lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug’ullanadi.

    1. Seleng firmalari - ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o’z ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli qog’ozlar kiradi.

    2. Trast firmalari - bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko’rsatadi. Trast firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:

    • korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;

    • nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;

    • moliyaviy mablag’lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog’ozlar va hokazolardan foydalanish.




    Download 1.44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   324




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling