Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r
Uchinchidan, yoshlarning men o’zbek farzandiman, deb, g’urur va iftixor bilan
yashashga erishishdir. Bu yuqorida sanab o’tilgan vazifalar mohiyatini bayon etib bo’lgandan keyin, o’qituvchi Prezident Islom Karimovning yoshlar to’g’risida quyidagi so’zlarini o’qib berish mumkin. «Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota – bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatini qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Тoki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin» 2 1 Qarang. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 138-bet. 2 Karimov I.А. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. 11-12-betlat. 65 Yoshlarga milliy – madaniy meros, ajdod-avlodlaridan, Vatandan faxrlanish tuyg’ularini singdirish eng murakkab vazifalardan biridir. Bu savolga aniq javobni biz Islom Karimovning quyidagi asarlaridan topishimiz mumkin 1 . Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida quyidagi dolzarb masalalar chuqur tahlil qilingan: - Milliy g’oyaning ajdodlardan - avlodlarga o’tib, asrlar davomida ezozlab kelinayotgani va xalqimizning ma’naviy ehtiyojiga va xalqimiz ma’naviy ehtiyojiga va hayot talabiga aylanib ketganligi; (71-bet) - milliy g’oya O’zbekistonda yashayotgan barcha odamlarning hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan tushunchalarni o’z ichiga olganligi; - Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bog’liqligi; (72-73-betlar) - o’sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish zarurligi; - O’zbek tili davlat tili deb e’lon qilinganligi, davlat tilining xalqaro miqiyosda faol muloqot vositasiga aylanib borayotganiligi, ona tilini asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlash zarurligi; - mamlakatimizda amalga oshrilayotgan islohotlar va ularning ma’naviy mezonlari va yoshlarimizning ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat- ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish zarurligi; - mustaqillik sharofati bilan buyuk allomalarimizning qoldirgan ma’naviy meroslari, hayotiy faoliyati tarixini o’rganish va ulardan foydalanish imkoniyati vujudga kelganligi. Shunday qilib, mustaqillik sharoitida respublikamizda bunyodkorlik g’oyalar jamiyatning barcha sohalariga ijobiy ta’sir etmoqda. Natijada katta bunyodkorlik ishlari amalga oshmoqda. Ulardan faxrlanish tuyg’ularini o’stirish muhim amaliy ahamiyatga egadir. “…xalq ma’naviyati shunday buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch – qudrat, g’ayrat va ilhom olib, o’zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi” 2 - deydi Islom Karimov. Ana shu ummondan ma’naviy oziqlanish avlodlarimiz uchun ichki zaruriyatga aylanib bormoqda. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling