64
3. Yoshlarning o’zligini anglashi va yot g’oyalarga munosabati.
Jahon tajribasidan ma’lumki, eski bir jamiyatdan yangi jamiyatga o’tishda
jamiyatning ba’zisi o’zgarishi bilan usqurtmasi ham isloh etiladi. O’zbekiston
xalqining bir asrdan ziyod hukm surgan qaramlik
davridan keyingi mustaqil
taraqqiyot yo’liga tushib olishi albatta oson kechgani yo’q. Ayniqsa, Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, «Ma’naviy qadriyatlarni hamda biz uchun muqaddas bo’lgan
diniy
qadriyatlar va an’analarni qaytarish va tiklash, o’zligimizni
anglash ancha murakkab
sharoitda eski imperiya tuzumi barbod bo’lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror
topayotgan bir sharoitda yuz berdi»
1
.
Milliy o’zlikni anglashning naqadar dolzarbligi Yurtboshimizning «Milliy
istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» risolasida ham
chuqur tahlil etilgan. Unda quyidagilar ta’kidlab o’tilgan:
1) Birorta xalqni o’ziga
tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo uni o’zligidan,
tarixdan, madaniyatidan judo qilishga intilishi;
2) Agar shunga o’xshash zararli ta’sirlar
davom etaversa, millat o’zligini
yo’qotish;
3) Oqibatda ming yillik an’analarni boy berib, olamonga aylanib qolishi
mumkinligi.
Bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga
olib kelmasligi uchun
Yurtboshimiz o’z risolasida quyidagi vazifalarni alohida ko’rsatib o’tgan.
Birinchidan, - odamlarning, avvalambor yoshlarning iymon e’tiqodini
mustahkamlash,
irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan
barkamol insonlar etib tarbiyalash;
Ikkinchidan, ularning tafakkurida o’zligini
unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas
qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish
fazilatlarini qaror toptirish;
Do'stlaringiz bilan baham: