Mirzo Ulug‘bek tumani 211-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abduraxmanova Fotima Solijanovnaning
Download 385.46 Kb.
|
14-yanvar –Vatan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni Mavzu
- O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- II.Asosiy qism: O`qituvchi
- III.Yakuniy qism.
Mirzo Ulug‘bek tumani 211-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abduraxmanova Fotima Solijanovnaning 1 “V” sinf bilan “14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni” mavzusida o‘tkazgan 1 soatlik dars ishlanmasi Toshkent 2022 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni Mavzu:14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish.Ajdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi Kun shiori: Biz Vatanimizni qanday himoya qilamiz ! Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material, rasmlar, plakat. Tarbiyaviy mashg`ulotning borish: Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. II.Asosiy qism: O`qituvchi: Vatan – muqaddas dargoh.Uning har bir qarichi biz uchun azizdir.Shu yurtda tug`ilib,o`sib,shu yurtda kamol topgan zot borki,umr bo`yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi. Bu jannatmakon diyorda ne-ne ulug` zotlar o`tmagan.Ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissalari ham dunyoga mashhur. Biz Mirzo Ulug`bek,Xorazmiy,Beruniy,Ibn Sino,Alisher Navoiy,Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. -“Tinch elning bog`i gullar”,deydi donishmandlarimiz.Shukrona aytamiz: Vatanimiz – tinch, yurtimiz – obod.Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda.Dunyo ahli bugun O`zbekistonga,shu zaminda yashovchilarga havas bilan qarashadi. -Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarga,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi. -O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir III.Yakuniy qism. O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman. “Askar” She`r yodlatiladi. Kelajakda askar bo`lamiz, Qo`riqlaymiz ona Vatanni Sarhadlarda sergak turamiz, Asrab shu yurt,bog`-u chamanni. Sarkardalar avlodidanmiz, Sharaflarga,shonlarga loyiq. Temur bobom,Jaloliddindek, Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq. Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin. Dadajon,askar akam Qadam tashlar gurs,gurs,gurs. Vatanimga,xalqimga Sodiqman,deb bergan so`z. -Shundaymi? -Shunday! -Men ularning ukasi, Qanday bo`lishim kerak? Vatan ishiga tayyor Bo`lib turishim kerak. -Shundaymi? -Shunday! Vatanimni,xalqimni Ko`z qoramdek saqlayman, Askar akamga o`xshab El ishonchin oqlayman. -Shundaymi? -Shunday! Ofarin,ota o`g`il, Tilginangga bol,shakar. Sen ham bir kun ulg`ayib, Bo`lasan botir askar. Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani qo`yib to`ldirish. -Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz) -Vataning tinch- ________________________(sen tinch) -Tinchlik bilan el ko`karar, _____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.) -Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.) -El qudrati – chin qudrat, _____________________(Vatan tuprog`i qimmat.) -Yurt qo`risang o`sarsan, _____________________(Qo`rimasang to`zarsan.) Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish. Download 385.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling