Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana08.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1758244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r

Тayanch so’zlar Bog’liqlik, mushtaraklik, mafkuraviy bo’shliq, xilma-xillik, 
sivilizatsiya, aqidaparastlik daxriylik, bag’rikenglik, taraqqiyot vahz. 
Тakrorlash uchun savollar 
1. Muayyan fikrlar, g’oyalar va mafkuralarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sir 
darajasi qaysi omillarga bog’liq? 
2. Mafkurasiz jamiyat rivojlanishi mumkinmi? 
3. Foya bilan mafkura o’rtasidagi bog’liqlikni siz nimalarda ko’rishingiz 
mumkin? 
4. Mafkuraviy bo’shliq haqida qanday bo’shliqni anglatadi? Bu haqda Islom 
Karimovning qaysi asarlaridan xabardorsiz? 
5. Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi nima uchun kerak? 
6. Mafkuralarning namoyon bo’lish shakllari. 
7. Qanday mafkura jamiyat taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin? 
8. Vayronkor g’oyalar kimlarning manfaatiga xizmat qiladi? 
9. Fikrga qarshi fikr bildirish uchun nima qilish kerak? 
Referat mavzulari 
1. “Foya” va “mafkura”ning “yagona hukmkor mafkura” tushunchasidan farqi. 
2. Inson va jamiyat hayotida g’oyalar, fikrlar xilma-xilligi va ularning ahamiyati. 
3. Foya va mafkuraning inson va jamiyat hayotiga ta’siri. 
4. Jamiyat mafkurasining xalqni-xalq millatni-millat etishdagi o’rni (Islom 
Karimovning – Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat 
etsin” nomli risolasi bo’yicha) 
5. Bunyodkor g’oyalarning tarixiy-falsafiy ildizlari. 
6. Vayronkor g’oya haqida Islom Karimov. 
7. Diniy aqidaparstlikning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri. 


20
3-Mavzu. Glaballashuv sharoitida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi. 
Reja 
1. Jamiyat hayotining glaballashuvi bugungi Glaballashuv jarayonida dunyoning 
mafkuraviy manzarasi. 
2. Glaballashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi 
3. Mafkuraviy jarayonlarning glaballashuvi 
Mazkur mavzu “Milliy istiqlol g’oyasi: tushunchalar va tamoyillar” fanida eng 
dolzarbligi bilan ajralib turadi. Buni biz Prezidentimiz Islom Karimovning “Milliy 
istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar” risolasidagi so’z boshida 
ta’kidlagan quyidagi fikridan yaqqol bilib olishimiz mumkin. “Bugungi ijtimoiy 
taraqqiyot, infarmatsion inqilobiy, jarayonlari, jahon maydonlarini ta’sir o’tkazish 
maqsadida bo’lib olishga intilish, bu maydonlardagi o’zaro kurash sharoitida 
mafkuraviy siyosatning ahamiyati va o’rni naqadar ortib boryotganini tushuntirib 
o’tirishning hojati yo’q, deb o’ylayman”
1
deydi Yurtboshimiz. Globallashuv 
atamasining mazmun va mohiyatini hamda globallashuv jarayonlarning keng 
qamrovligi, ularning ijobiy va salbiy ta’sirini o’rganish, tegishli xulosalar chiqarish 
muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. 
Mavzudagi birinchi savol globallashuv va aksilglobalizm tushunchalarining 
mohiyatiga javobini bayon etishdan oldin o’qituvchi (ma’ruzachi) talabalar diqqatini 
qaratishi lozim. Globallashuv atamasining lug’aviy ma’nosi voqea-hodisalarning 
dunyo miqiyosi darajasiga ko’tarilishini anglatadi. Afsonaviy Nux to’foni, jahon 
urushlari yoki zamonaviy kompyuterlashuv, xalqaro terrorizm globallashuvning 
yorqin namunalaridir. Garchi g’ayritabiiy bo’lsada, kommunizm g’oyasi ham global 
xomhayol edi. Globallashuvning tariflari ko’p. Ularni umumlashtirib, globallashuv 
uzluksiz davom etadigan tarixiy, umumiylashish, milliy hududlarni tan olmaydigan 
jarayondir deb, ta’riflash mumkin. 
Biz yuqorida insoniyat tarixi g’oyalar kurashidan iborat dedik. Тabiiyki, 
globallashuv jarayonining tarafdorlari kabi, unga qarshi g’oyalarni qo’llab-
quvvatlovchilar ham bor. Ular aksilglobalistlar, g’oyalari esa aksilglobalizmdir. 
Aksilglobalistlar globallashuvni yangi jahon urushi sifatida talqin etib, unga qarshi 
chiqadilar, buning uchun ma’lum bir sabablar, masalan, xalqaro terrorizmni 
ko’rsatdilar. Globallashuvning salbiy tomonlari ham bor. Biroq u to’xtatib 
bo’lmaydigan jarayondir. 
Hozirda globalistlar ham, aksilglobalistlar ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot 
sohalariga qaratib, globallashuv jarayonlariga mafkura, ma’naviyatining ta’siri 
masalalariga deyarli e’tibor berishmayapti. Aslida globallashuv insoniyatni halokatga 
olib keladimi yoki farovon hayotgami – bunda mafkura va ma’naviyat asosiy 
ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, globallashuv jarayonlarida milliy g’oyaga 
ehtiyojning ortishi, avvalo, ana shu bilan belgilanadi. Rejadagi 1-savolni yoritishda 
Islom Karimov asarlarining o’rni katta globallashuv jarayonlarining mazmun va 
mohiyati Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli 
kitobining 110–119-betlarida atroflicha talqin qilingan. Ulardan ayrim parchalarni 
1
Qarang. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. Т.9. Т.: “O’zbekiston” 2001, 223-bet. 


21
keltirish lozim topildi. “Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez chuqur kirib 
kelayotganining asosiy omili va sababi hususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish 
keraki, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va 
uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday 
chambarchas bog’lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi 
ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”. (111-bet) 
Ko’pgina adabiyotlarda globallashuv jarayonining faqat salbiy oqibatlari 
to’g’risida so’z boradi. Bizningcha bu jarayonga bir tomonlama yondashib 
bo’lmaydi. Ma’lumki, globallashuv jarayonlari ijobiy va salbiy ta’sir etish 
hususiyatiga ega. Bu masala bo’yicha Islom Karimov shunday deydi: “Har bir 
ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni 
ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli 
ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va 
xalqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarning kuchayishi, xorijiy 
investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining harakati uchun qulayliklar 
vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy komunikatsiya 
va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli 
qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’onuvchi, sivilizatsiyalararo muloqotning 
yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish 
imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasi globallashuv tufayli 
erishilmoqda”. (111-112-betlar)
Ushbu asarda globallashuv jarayonning salbiy hususiyatlari haqida ham teran 
fikrlar berilgan. “Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan 
iboratki, - deb ta’kidlaydi Islom Karimov – hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir 
o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va 
markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday 
odam, albatta kuzatishi muqarrar”. (113-bet) 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling