Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mavzu. Glaballashuv sharoitida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi. Reja
Тayanch so’zlar Bog’liqlik, mushtaraklik, mafkuraviy bo’shliq, xilma-xillik,
sivilizatsiya, aqidaparastlik daxriylik, bag’rikenglik, taraqqiyot vahz. Тakrorlash uchun savollar 1. Muayyan fikrlar, g’oyalar va mafkuralarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sir darajasi qaysi omillarga bog’liq? 2. Mafkurasiz jamiyat rivojlanishi mumkinmi? 3. Foya bilan mafkura o’rtasidagi bog’liqlikni siz nimalarda ko’rishingiz mumkin? 4. Mafkuraviy bo’shliq haqida qanday bo’shliqni anglatadi? Bu haqda Islom Karimovning qaysi asarlaridan xabardorsiz? 5. Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi nima uchun kerak? 6. Mafkuralarning namoyon bo’lish shakllari. 7. Qanday mafkura jamiyat taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin? 8. Vayronkor g’oyalar kimlarning manfaatiga xizmat qiladi? 9. Fikrga qarshi fikr bildirish uchun nima qilish kerak? Referat mavzulari 1. “Foya” va “mafkura”ning “yagona hukmkor mafkura” tushunchasidan farqi. 2. Inson va jamiyat hayotida g’oyalar, fikrlar xilma-xilligi va ularning ahamiyati. 3. Foya va mafkuraning inson va jamiyat hayotiga ta’siri. 4. Jamiyat mafkurasining xalqni-xalq millatni-millat etishdagi o’rni (Islom Karimovning – Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin” nomli risolasi bo’yicha) 5. Bunyodkor g’oyalarning tarixiy-falsafiy ildizlari. 6. Vayronkor g’oya haqida Islom Karimov. 7. Diniy aqidaparstlikning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri. 20 3-Mavzu. Glaballashuv sharoitida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi. Reja 1. Jamiyat hayotining glaballashuvi bugungi Glaballashuv jarayonida dunyoning mafkuraviy manzarasi. 2. Glaballashuv jarayonida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi 3. Mafkuraviy jarayonlarning glaballashuvi Mazkur mavzu “Milliy istiqlol g’oyasi: tushunchalar va tamoyillar” fanida eng dolzarbligi bilan ajralib turadi. Buni biz Prezidentimiz Islom Karimovning “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar” risolasidagi so’z boshida ta’kidlagan quyidagi fikridan yaqqol bilib olishimiz mumkin. “Bugungi ijtimoiy taraqqiyot, infarmatsion inqilobiy, jarayonlari, jahon maydonlarini ta’sir o’tkazish maqsadida bo’lib olishga intilish, bu maydonlardagi o’zaro kurash sharoitida mafkuraviy siyosatning ahamiyati va o’rni naqadar ortib boryotganini tushuntirib o’tirishning hojati yo’q, deb o’ylayman” 1 deydi Yurtboshimiz. Globallashuv atamasining mazmun va mohiyatini hamda globallashuv jarayonlarning keng qamrovligi, ularning ijobiy va salbiy ta’sirini o’rganish, tegishli xulosalar chiqarish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Mavzudagi birinchi savol globallashuv va aksilglobalizm tushunchalarining mohiyatiga javobini bayon etishdan oldin o’qituvchi (ma’ruzachi) talabalar diqqatini qaratishi lozim. Globallashuv atamasining lug’aviy ma’nosi voqea-hodisalarning dunyo miqiyosi darajasiga ko’tarilishini anglatadi. Afsonaviy Nux to’foni, jahon urushlari yoki zamonaviy kompyuterlashuv, xalqaro terrorizm globallashuvning yorqin namunalaridir. Garchi g’ayritabiiy bo’lsada, kommunizm g’oyasi ham global xomhayol edi. Globallashuvning tariflari ko’p. Ularni umumlashtirib, globallashuv uzluksiz davom etadigan tarixiy, umumiylashish, milliy hududlarni tan olmaydigan jarayondir deb, ta’riflash mumkin. Biz yuqorida insoniyat tarixi g’oyalar kurashidan iborat dedik. Тabiiyki, globallashuv jarayonining tarafdorlari kabi, unga qarshi g’oyalarni qo’llab- quvvatlovchilar ham bor. Ular aksilglobalistlar, g’oyalari esa aksilglobalizmdir. Aksilglobalistlar globallashuvni yangi jahon urushi sifatida talqin etib, unga qarshi chiqadilar, buning uchun ma’lum bir sabablar, masalan, xalqaro terrorizmni ko’rsatdilar. Globallashuvning salbiy tomonlari ham bor. Biroq u to’xtatib bo’lmaydigan jarayondir. Hozirda globalistlar ham, aksilglobalistlar ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohalariga qaratib, globallashuv jarayonlariga mafkura, ma’naviyatining ta’siri masalalariga deyarli e’tibor berishmayapti. Aslida globallashuv insoniyatni halokatga olib keladimi yoki farovon hayotgami – bunda mafkura va ma’naviyat asosiy ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, globallashuv jarayonlarida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi, avvalo, ana shu bilan belgilanadi. Rejadagi 1-savolni yoritishda Islom Karimov asarlarining o’rni katta globallashuv jarayonlarining mazmun va mohiyati Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli kitobining 110–119-betlarida atroflicha talqin qilingan. Ulardan ayrim parchalarni 1 Qarang. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. Т.9. Т.: “O’zbekiston” 2001, 223-bet. 21 keltirish lozim topildi. “Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi hususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish keraki, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”. (111-bet) Ko’pgina adabiyotlarda globallashuv jarayonining faqat salbiy oqibatlari to’g’risida so’z boradi. Bizningcha bu jarayonga bir tomonlama yondashib bo’lmaydi. Ma’lumki, globallashuv jarayonlari ijobiy va salbiy ta’sir etish hususiyatiga ega. Bu masala bo’yicha Islom Karimov shunday deydi: “Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarning kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy komunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’onuvchi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasi globallashuv tufayli erishilmoqda”. (111-112-betlar) Ushbu asarda globallashuv jarayonning salbiy hususiyatlari haqida ham teran fikrlar berilgan. “Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, - deb ta’kidlaydi Islom Karimov – hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta kuzatishi muqarrar”. (113-bet) Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling