Birinchidin, mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi tushunchasiga izoh berish
kerak. Bu – g’oyaviy o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Yer
yuzining barcha mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash umumbashariy
miqiyos kashf etganini ifodalovchi tushuncha. Mafkuraviy jarayonlarning
globallashuvi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotining barcha
sohalarida xalqaro munosabatlarning intengrsiyalashuvi va intensivlashuvida o’z
ifodasini topadi.
Ikkinchidan, mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiluvchi
ikki yo’nalish-tendensiya mavjud. ulardan birinchisi – insoniyat sivilizatsiyasi
tarixda erishgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy
makon doirasidan chiqib baynalminallashib borishi;
ikkinchisi, millatlar va davlatlarning barcha sohalari bo’yicha rivojlanishidagi
beqarorlik va xavf tug’dirayotgan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda
globallashuviga olib kelishi. Bu jarayon xalqaro terrorizm, ekstremizm,
fundamentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo’lmoqda.
Uchinchidan, biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo’layotgan g’oyalar tez
fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada turli mafkuraviy markazlarning bosim
ta’siri kuchaymoqda.
Тo’rtinchidan, g’oyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovvuzlarning oldini olish uchun har
bir davlat, millat o’zining g’oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlaydigan chora-
tadbirlarni ko’rishi ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
Тayanch so’zlar: “globallashuv”, “jarayon”, “aqidaparstlik”, “shovinizm”,
“manzara”, “qutblanish”, “tahdid”.
Тakrorlash uchun savollar
1. Globallashuv jarayonlari masalasi Prezident Islom Karimovning qaysi asarida
bayon etilgan?
2. Dunyoning mafkuraviy manzarasini Siz qanday tasavvur etasiz?
3. Millatlarning o’zligini saqlashning omillari.
4. Nima uchun ikki qutbli dunyo barham topdi?
5. G’oyaviy kurashning o’zgarishiga ta’sir etuvchi qanday omillarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |