Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana08.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1758244
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r

 
Тakrorlash uchun savollar
1. O’tish davrida nima uchun milliy g’oyaga ehtiyoj ortib boradi? 
2. Milliy g’oyani qanday anglash mumkin? 
3. Milliy g’oya mustaqillikni mustahkamlashga qaysi vositalar orqali ta’sir etadi? 
5. Mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkinmi? 
6. Milliy g’oya ma’naviy hayotga qanday ta’sir etishi mumkin? 
Referat uchun mavzular 
1. Milliy g’oyaning zarurligi tabiiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj ekanligi . 
2. Islom Karimov milliy g’oya va milliy mafkurani yaratishning zarurligi haqida
3. Odamiylikda or-nomus, milliy g’oyaning roli. 
4. Milliy g’oya va ma’naviy hayot (Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” asari bo’yicha) 
5. Milliy g’oya va mustaqillikni mustahkamlash.


38
6-Mavzu: Milliy g’oya va milliy-ma’naviy qadriyatlar. 
Reja 
1. Milliy g’oyaning milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan uzviy bog’liqligi. 
2. Milliy g’oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e’tirof etilishi. 
3. Milliy g’oyaning milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslanishining ahamiyati. 
Milliy g’oya o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra milliy-ma’naviy qadriyatlarga 
tayanadi. Milliy g’oya milliy taraqqiyot omili sifatida namoyon bo’ladi va milliy-
ma’naviy qadriyatlarda aks etadi. Bunday uzviy bog’liqlik milliy g’oyaning ta’sirini 
kuchaytiradi. Shubhasiz, milliy g’oyaning shakllanishida milliy-ma’naviy qadriyatlar, 
til, urf-odat, an’ana, din, yozuv, san’at, musiqa, me’morchilik, xalq falsafasi, 
dunyoqarashi, badiiy va og’zaki ijodining o’rni juda katta. 
“…endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa – deb ta’kidlaydi 
Yurtboshimiz – milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil 
inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi 
tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan 
ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarning markaziga qo’yish, ularni yangi 
bosqichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk 
dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”
1
Mustaqillikka erishilgandan keyin O’zbekistonda milliy-ma’naviy 
qadriyatlarga ta’siri oshib bormoqda. Ayniqsa, milliy-ma’naviy qadriyatlarga 
odamlarning hurmati juda baland desak aslo xato bo’lmaydi. Milliy g’oya va milliy-
ma’naviy qadriyatlarning uzviy bog’liqligini yanada kengroq o’rganishda Islom 
Karimovning “O’zbekiston: ХХI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining 137-150-betlaridan foydalanish 
o’rinlidir. 
Ushbu asarda ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning 
tiklanishining mohiyati to’liq ochib berilgan desak xato bo’lmaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling