Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
hukm qiladilar.
1600 yilning 17 fevralida Italiyaning buyuk farzandi Brunoni gulxanda yondiradilar. «O’tda yoqmoqlik — inkor etmoqlik emas!» Bu so‘zlar alanga iskanjasida qolgan Brunoning so‘nggi nidosi edi. * * * Bruno shunday deb yozgandi: «Menga ko‘pincha sen o‘z qarashlaring bilan olamni to‘ntarmoqchisan, deyishadi. Ammo aslida to‘nkarilgan olamni o‘z holiga qaytarishning nimasi yomon?» * * * Xudo — cheksizlik ichra cheksiz. U har narsada va har yerda zohirdir. * * * Olamlar ham tug‘iladi va o‘ladi. Ular mangu emas va doimo o‘zgarishda. Chunki ular o‘zgarishga mahkum qismlardan tuzilgan. * * * Biz to‘xtovsiz ravishda o‘zgarib boramiz. Chunki bizdagi eski atomlar o‘rnini yangisi egallaydi. * * * Ruh har bir narsada mavjud va jonli narsaga aylanish imkoniyatidan mahrum bironta zarracha yo‘q. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 143 Har qanday davomiylik intihosiz ibtido, ibtidosiz intihodir. Demak, har qanday davomiylik cheksiz lahza, ibtido va intihoning bir xilligi in’ikosidir. * * * Tabiiyotshunoslarning aytishicha, eng katta va buyuk tezlikning harakatsizlikdan farqi yo‘q. Harakatsizlik eng katta, hadsiz tezlikdagi harakatdir. * * * Sezgi tasavvurga, tasavvur — tafakkurga, tafakkur — aql-idrokka, aql-idrok fikrga evriladi. * * * Sezgi cheksizlikni ko‘rolmaydi. Shu bois sezgilardan buni talab qilmaslik kerak. Sezgi vositasida cheksizlikni ilg‘ashni xohlovchilar ko‘z bilan Xudoni va mohiyatni ko‘rishga intiluvchilarga o‘xshaydilar. * * * Faylasuflik qilishni istovchi avvalo hamma narsaga shubha bilan qaramog‘i joiz. * * * Insonning Yerdagi hayoti — urush holatidan o‘zga narsa emas. Chunki u dangasalarning nochorligini yengishi, yuzsizlikni jilovlashi, dushman zarbasidan ogoh bo‘lishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling