Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
qilinadi. Sud Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
qilinadi. Sud Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish
haqida hukm chiqaradi. To‘g‘ri, ikki kundan so‘ng bu hukmning ayrim bandlari bekor qilingan bo‘lsa-da, ammo Bekonning davlat arbobi sifatidagi faoliyati butkul barham topadi. Lordlar palatasining hukmiga muvofiq u qirol saroyiga yaqinlashmaslik va 12 mil uzoqlikda yashashga mahkum etiladi. Faylasuf hayotining so‘nggi yillarini betoblik va qashshoqlikda o‘tkazadi. 1626 yilning bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari bilan qorga ko‘madi va shu bahona bo‘lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib yotgach, vafot etadi. * * * Yuzaki faylasuflik inson aqlini xudosizlik sari yetaklaydi. Falsafani chuqur o‘rganish esa odamlar idrokini dinga yo‘naltiradi. * * * Men odamlarni ilm-fanning asl maqsadini yodda saqlashga chaqiraman. Toki ular ilm-fan bilan o‘z mansablari, ilmiy bahslar, o‘zgalarni mensimaslik, shon-shuhrat, shaxsiy manfaatlari yoki boshqa tuban maqsadlar uchun emas, balki bu bilimlardan hayotga foyda va manfaat yetishi uchun shug‘ullansinlar. * * * Xudoni inkor etuvchi odam inson zotidagi ezgulikni ham inkor etadi. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 146 Garchi biz yerda yashab, samoga ko‘z tiksak-da, ruhimiz jism qo‘rg‘oniga bandidir. Shu bois bandi ruh hisobsiz aldamchi va yolg‘on timsollarni qabul qilishga mahkum. * * * Empiriklar (hissiy idrokni, tajribani bilimning birdan-bir manbai deb biladigan falsafiy ta’limot namoyandalari) chumoliga o‘xshab faqat manba to‘plash bilan ovora bo‘ladilar va shu to‘plamlardan foydalanadilar. Aqidaparastlarning (mohiyati tekshirilmay-netmay qabul qilinaveradigan qoidalarga ko‘r-ko‘rona ishonuvchilarning) harakati esa o‘rgimchakni eslatadi. Ular o‘zlari uchun to‘r yasaydilar. Asalari esa boshqacha yo‘l tanlaydi. U bog‘ va dalalardagi gullardan bol yig‘adi. To‘plagan bolini u uquvi va maqsadiga moslab qayta ishlaydi. Haqiqiy falsafaning mohiyati ham shunday bo‘lmog‘i darkor. * * * Tabiatni faqat uning qonunlariga bo‘ysunish yo‘li bilangina yengish mumkin. * * * Bir narsaning asl mohiyatini bilish uning sababini bilish demakdir. * * * Inson – tabiatning xizmatkori va sharhlovchisi. * * * Moddiyat tinim bilmaydi, u mangu harakatdadir. * * * Tasodif ba’zan kashfiyotlarni maydonga keltiradi. Ammo shu tasodifning yuzaga chiqishi yillarni emas, hatto asrlarni talab etadi. * * * Fikr olamning chegarasi va nihoyasini qamrab olishdan ojiz bo‘lsa-da, lekin doimo zaruriyat tug‘ilganda juda uzoqni ko‘ra oladi. * * * Ohanraboning sehrli xossasi yordamida tafakkurning mohiyatini ochib berish mumkin. Ohanrabo behisob ignalarni o‘ziga tortib oladi-yu, sira kuchi kamaymaydi. * * * Tajriba – haqiqat garovi. * * * Odatda mayda va arzimas narsalar katta narsalar haqida ko‘proq bilim beradi. Yirik narsalar esa aksincha, kichik narsalar haqida tasavvur berishga ojizlik qilib qoladi. * * * Ko‘nglini yoruvchi do‘sti bo‘lmagan odam o‘z yuragining kushandasidir. * * * Faqat nafrat va qo‘rquvgina zo‘ravonlik qilishga majbur etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling