www.ziyouz.com кутубхонаси
145
FRENSIS BEKON (LORD VERULAMSKIY)
(1561-1626)
Ingliz faylasufi Frensis Bekon 1561 yilning 21 yanvarida Londonda tug‘ildi. U
Angliyaning siyosiy hayotida ko‘zga ko‘rinarli o‘rin egallagan dvoryan oilasiga mansub
bo‘lib, otasi Nikolas Bekon qirolicha Yelizavetaning birinchi vaziri va muhrdori edi.
Bekonning onasi – Anna Kuk qirol Eduard VI ning tarbiyachisi bo‘lib xizmat qilgan.
1573 yilning bahorida 12 yoshli Bekonni Kembrijdagi Triniti kollejiga tahsil olish uchun
jo‘natadilar.
Frensis Bekon 16 yoshdan boshlab ingliz diplomatlari tarkibida bir necha yil
Farangistonda xizmat qiladi. U yerda Farangiston madaniyati, ilm-fanining taniqli
namoyandalari bilan tanishadi.
Bekon 18 yoshida otasidan ayriladi. 23 yoshida qirolicha Yelizavetaning nufuzli
a’yonlaridan sanalgan amakisi lord Berli ko‘magida mamlakat parlamentiga saylanadi.
F.Bekon Angliyaga qaytgach, huquq ilmini o‘rganishga kirishadi.
U huquqshunoslik uyushmasining rahbari lavozimiga tayinlanadi. Bekon keng
miqyosdagi sud amaliyotlarini olib boradi va huquqshunoslik masalalariga doir asarlar
yozadi. Bekonning sud jarayonidagi yuksak mahorati hamda sud hakamlari yig‘ilishidagi
so‘zamolligi va aql-farosati barchani hayratga solgan. Hech kim uningchalik aniq, qisqa,
zalvorli, ayni damda o‘ta ma’nodor gapirolmagan. U so‘zlayotganda tinglovchilar har bir
so‘zni jon quloqlari bilan tinglab, kiprik qoqmay o‘tirishgan.
Bekon 52 yoshida Angliyaning bosh prokurori etib saylanadi.
1617 yildan esa qirol Yakov I ning muhrdori bo‘lib xizmat qiladi. Keyinroq lord-
kantslerlik martabasiga ko‘tariladi.
1621 yilda Bekon parlament tomonidan fitnachilik va poraxo‘rlikda ayblanib sud
Do'stlaringiz bilan baham: |