Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
168
BARUX SPINOZA 
(1632-1677) 
Gollandiyalik faylasuf Barux Spinoza Amsterdamda savdogar oilasida dunyoga keldi. U 
yahudiylarning Amsterdamdagi 7 yillik maktabiga o‘qishga bordi. Ammo o‘qishni 
tamomlashga ulgurmadi. Chunki otasiga savdo ishlarini yuritish uchun yordamchi kerak 
edi. Otasining o‘limidan keyin Spinoza bir necha yil savdogarlik bilan mashg‘ul bo‘ldi. 
Lekin u juda yoshligidanoq falsafa ilmiga mehr qo‘ygandi, lotin tilini juda yaxshi bilardi. 
Shu tufayli oradan ko‘p o‘tmay Spinoza Amsterdamda kichik falsafa to‘garagini ochdi. 
Ilm-fan olamiga chuqur kirib, dunyoqarashi kengaygan yosh Spinoza yahudiy dini 
peshvolarini vijdon erkinligiga rioya etmaslikda aybladi. Spinoza shu taxlit ilm-fan 
olamiga qancha yaqinlashgani sayin yahudiy ruhoniylaridan shunchalik uzoqlasha bordi. 
Natijada 1656 yilda din peshvolari Spinozani murtadlikda ayblab, unga bir umrlik la’nat 
tamg‘asini yopishtirdilar. Shundan so‘ng Spinoza yahudiylar bilan aloqani butkul uzib
o‘zini falsafaga bag‘ishladi. U bir umr o‘pka xastaligidan azob chekib yashadi. Spinoza o‘z 
o‘limini tor, faqirona xonaga o‘rnatilgan qup-quruq yog‘och chorpoyada qarshi oldi. 
Singillarining tashmachiligi tufayli bor budidan ayrilib, qashshoqlikka mahkum bo‘lgan 
donishmand ajali yetganini sezib, qo‘shni ayoldan yoniga bitta ham ruhoniyni 
qo‘ymaslikni iltimos qiladi. Chunki u jon talvasasida raqiblariga yon bosib, o‘z 
qarashlaridan voz kechishi mumkinligidan cho‘chigandi. Spinozaning quyidagi asarlari 
ma’lum: 
«Parvardigor, inson va baxt haqida qisqacha ilmiy mushohadalar» (1658-1660 
y.), «Rene Dekart falsafasi asoslari» (1663 y.), «Tafakkur takomili haqida ilmiy 
mushohadalar» (1661 y.) 
va boshqalar. 
* * * 
Har bir narsaga mangulik nuqtai nazari bilan boqing. 
* * * 
Inson donishmandlik va haqiqatni anglash yo‘li bilangina haqiqiy baxt va rohat-farog‘atga 
erishmog‘i mumkin. 
* * * 
Jamiki narsalar Olloh tomonidan boshqacha bir ko‘rinishda va tartibda yaratilishi mumkin emas edi. 
* * * 
Aql-idrok qanchalar cheksiz bo‘lmasin, u tabiatiga ko‘ra yaratuvchilik emas, yaraluvchilik sifatiga 
egadir. 
* * * 
Yorug‘lik o‘zini ham, zulmatni ham aniqlab berolgani kabi, haqiqat o‘ziga ham, yolg‘onga ham 
mezondir. 
* * * 
Tajribalar til odamlarning hukmiga eng kam itoat etadigan narsa ekanligini ko‘rsatdi. Odamlar esa 
hammadan ham o‘z ehtiroslarini cheklashga noqobildirlar. 
* * * 
Olloh bizga o‘lchovli aql-idrok va cheksiz iroda in’om etgan. Ammo U bizni ne maqsadda 
yaratganidan bexabarmiz. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
169
* * * 
Qalblarni qurol bilan emas, mehr-muhabbat va olijanoblik vositasida zabt etish mumkin. 
* * * 
Hech kim o‘zini o‘zi xo‘rlovchi odamchalik hasadga moyil bo‘lmaydi. 
* * * 
Qo‘rquv qalb ojizligining mevasidir.
* * * 
Insonga insondan yaxshiroq naf yetkazuvchi yo‘q. 
* * * 
Har qanday aniqlik cheklash demakdir. 
* * * 
Biz bilimlarimiz yetishmasligi vajidan narsalarni tasodif deb ataymiz. 
* * * 
Tabiatda qusurli narsaning o‘zi yo‘q. 
* * * 
Ko‘zyoshga ham, kulgiga ham, nafratga ham o‘rin yo‘q, tushunmoq kerak! 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling