Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
165
* * *
Olamdagi barcha narsalar bir-biriga shu darajada chambarchas bog‘lanib ketganki,
ulardan birini
boshqalarisiz va yaxlit holda olmay turib anglab bo‘lmaydi.
* * *
Inson uchun jismning ruh bilan birlashish sirini bilishdan o‘zga yetib bo‘lmas sinoat yo‘qdir.
* * *
Meni yangi so‘z aytmaganlikda ayblamasinlar. Zero, yangilik moddiyatning qanday joylashishidadir.
Koptok o‘yini (lapta) chog‘ida bittagina to‘pdan foydalansalar-da, o‘yinchilardan
biri uni boshqalardan
ko‘ra yaxshiroq irg‘itadi.
* * *
Barcha jismlar: osmon, yulduzlar, yer aql deb atalmish eng oddiy voqelik oldida hech narsadir.
Chunki
aql ana shu narsalarni ham, shuning barobarida o‘zini ham anglay oladi. Jism esa anglash
qobiliyatidan mahrumdir.
* * *
Biz
haqiqatni nafaqat aqlimiz, balki yuragimiz bilan ham anglaymiz. Yurakning aql tishi o‘tmaydigan
o‘z qonunlari bor.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: